Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida birinçi yarim yillikda davlat budjetiga tuşumlar natijadorligini tahlil qiliş va yangi vazifalarni belgilaş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. 

Kun.uz manbasi xabar qilişiça, yiğiliş yakunida prezident Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonovni tanqid qildi. 

Prezident internetda viloyat hokimi bilan boğliq xabarlarni kuzatganini, Andijon viloyatida ijtimoiy sohada amalga oşirilayotgan işlardan köngli tölmayotganini aytib ötgan.

«Seni hurmat qilaman. Lekin internetdagi gaplar dilimni oğritdi. Oğir-bosiq böl. Sadoqat boşqa, amal boşqa», degan prezident.

Öz navbatida hokim yöl qöygan xatolarini tuşunib yetganini aytib, bu holat uçun uzr söragan va bunday holat boşqa takrorlanmasligiga va'da bergan.

Qayd etiş kerakki, Andijon viloyati va viloyat hokimi sönggi vaqtlarda OAV e'tiborida bölib turibdi.

Avvaliga may oyida prezidentning Andijon viloyatiga taşrifi vaqtida közböyamaçilik qilingani haqida xabarlar şov-şuv bölgandi. Unga köra, 6 nafar ayolga prezident sovğasi sifatida kottejlar berilişi va'da qilingani, lekin prezident Toşkentga qaytgaç, ulardan uylar qaytarib olingani ma'lum bölgandi.

Tuşdan qaytiş. Uç xil intervyu orasidagi «Andijon voqeasi»

Şuningdek, iyun oyida Şuhratbek Abdurahmonov viloyat hokimligida ötkazilgan yiğilişda boşqa mansabdorlarni (şu jumladan, soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovni) qöpol sözlar bilan haqorat qilgani haqidagi audio tarqaldi.

«I***s, m***z, ş***l» — Andijon viloyati hokimi vazirni haqoratladi. U bunga vakolatni qayerdan olgan?