Bolalar yozuvçisi, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Sa’dullo Quronov Özbekistonda bolalar adabiyotining holati haqidagi fikrlarini bildirdi.
Şaxsiy arxivŞaxsiy arxiv
Quronov hozirda Yoşlar işlari agentligining elektron va audio kitoblar böyiça yangi loyihasi – Mutolaa intellektual superilovasida bolalar adabiyoti bölimi boş muharriri bölib işlab kelmoqda.
Bolalar adabiyoti – muammolari köp va xöp aytiladigan, lekin biror arzirli natija, yeçim körilmaydigan sanoqli sohalardan biri. Şu sababli, doim muammoning mohiyatini izlayman, ba’zan optimist, ba’zan pessimist bölib maqolalar yozaman. Taskin izlayman.
Quyida ham sohadagi 8 yillik faoliyatimda anglaganlarimning qaymoğini aytişga urindim. Aniqroği, bu har-har zamon qilib turadigan urinişlarimning yana biri, xolos...
Mavzu...
Adabiy uçraşuvda bir ayol menga savol berdi: “Nega qahramonlaringiz taqdiri bu qadar tökis, nega ziğirça bölsa ham iztirob, ayriliq yöq? Axir, hayot unday emas-ku?!” Ayolning savoli, uning mahzun qaraşlari meni dovdiratib qöydi. Javobim yöq edi, şunçaki, bilmasdim...
Keyinroq, çet el bolalar yozuvçilarining bir podkastini tingladim. Unda eri tösatdan vafot etib qolgan va uç farzandi bilan beva qolgan yozuvçi ayol qismati haqida söz bordi. Ayol özi va farzandlarini tuşkunlikdan çiqariş uçun otasi vafot etgan qahramon hayoti haqida asar yozadi. Kutilmaganda, bu asar bessellerga aylanadi...
Podkastni tinglarkanman, köz oldimga öşa – savol bergan ayol keldi. Hoynahoy, uning farzandlari ham ayriliq alamini totib körgan. Mening ideal turmuş haqidagi asarim esa ularning ruhiyatiga aks ta’sir körsatgan!..
Şu-şu, bolalar asarlarining mavzusi haqida köp boş qotiradigan böldim. Öylab qarasam, bizning bolalar adabiyoti hali ham u qadar ijtimoiylaşmagan. Ya’ni hamon ertak va dostonlardagi ideal taqdir va qahramonlarning ta’siri kuçli. Hayotiy, maişiy muammolar haqida yozişga esa köpam urinmaymiz, göyo bu adabiyot emas, adabiyot faqat çöpçak bölişi şart.
Adabiyotni ideallaştirganimiz sabab biz darsda iştonini höllab qöygan, bexos yel çiqarib yuborgan, puli yöqligi sabab tuşlik qila olmaydigan yoki tilida nuqsoni bor bolalarning keçmişi haqida deyarli yozmaymiz. Biz uçun adabiyot katta narsalar, ğoyalar haqida kuylaşi zarur, tamom!
Menimça, özbek bolalar adabiyoti trendga çiqa olmasligining asosiy sabablaridan biri şu – mavzularning hayotiy emasligi bilan boğliq.
Mavzuga oid
Badiiy asar qiymati
Yaqinda bir ekolog bilan suhbatlaşib qoldim. Mavzu kesilayotgan daraxtlarga kelganda, mutaxassis kesuvçilarga qarşi kuraş yaxşi samara bermasligi, avvalo, jamiyat ahliga daraxtning qiymati haqida ma’lumot beriş lozimligini aytdi. Ya’ni daraxt faqat soya va kislorod beruvçi narsa emas, u yer osti suvlarini tutib turuvçi, zararli gaz va çanglarni tortib oluvçi, ruhiy quvvat beruvçi, xullas, inson hayotini ta’minlovçi ösimlikdir. Odamlar buni jamiyat darajasida anglab yetsa, daraxtlar kesilişi öz-özidan töxtaydi.
Menimça, kitobxonlikni rivojlantirişi uçun ham mutolaaning ahamiyati haqida yetarliça tasavvur bölişi kerak. Çunki köpçilik kitobga bilim va tarbiya manbasi sifatidagina qaraydi, xolos. Afsuski, bunday qaraş ijodkorlarda ham mavjud.
Bunday “ğalati qaraş”ning mohiyati şuki, bolalar uçun yozilgan asarda albatta katta hikmat, tarbiyaviy ğoya bölişi şart. Mana şunday qaraş tufayli biz 5 yoşli bola uçun ham “hikmatli” asarlar yozib, ularni öqişdan bezdiramiz. Yöq, bola şunçaki öqib malaka oşirişi, matnni his qilişi, harakat va ma’lumotlar ketma-ketligini kuzatişi uçun ham sodda asarlar yoziş mumkin-ku! Masalan, “Kitob stolning ustida. Kitob stolning ostida. Kitob stolning ortida. Endi kitob qayerda? (rasm)“ kabi juda sodda matnlar biz uçun ma’nisizdek, badiiy asar emasdek tuyuladi. Sababi 5-6 yoşli bola şu matn vositasida juda muhim “boşqa” könikmalarni özlaştirişi haqida tasavvurga ega emasmiz. Aslida şu şakldagi rasmli asarlar bolalarda narsa va hodisalarni taniş, tuşuniş, matndagi ma’lumotlarni anglaş kabi muhim hayotiy könikmalarni şakllantiradi. Uning tafakkurini çarxlaydi. Işoning, mutolaa orqali şakllanadigan tahliliy, tanqidiy tafakkurni boşqa biror fan bera olmaydi!
Şunday ekan, bolalar adabiyoti faqatgina ravon öqiş, badiiy asardan zavqlaniş va undan hikmat izlaşdan iborat emasligini anglab olişimiz şart. Biz bolalar kitobxonligi ularning kelajagi uçun xuddi suv va havodek hayotiy zarurat ekani tuşunib yetsak, özimiz bilmagan holda bolalar adabiyoti rivojiga ham hissa qöşa boşlaymiz.
Ilm va ta’lim
Bolalar adabiyoti muammolari deganda faqat şu soha va ijodkorlar bilan boğliq kamçiliklarni tuşunişimiz xato böladi. Bu keng, kompleksli muammo bölib, ilm (tilşunoslik, adabiyotşunoslik, san’atşunoslik va ruhşunoslik) va umumta’lim bilan bevosita aloqador jarayondir.
Yaqinda PISA – xalqaro öquvçilarni baholaş dasturi böyiça juda yomon natija qayd etganimiz va dunyoda ta’limi eng sifatsiz davlat qatoridan örin olganimiz jamoatçilikning keskin muhokamasiga sabab böldi.
PISA tadqiqotlaridan yomon natija qayd etganimiz bolalar adabiyotidagi muammolarimiz bilan ham boğliq ekanini unutmaylik. PISA baholaydigan öqiş savodxonligi könikmasi bolalarda kiçik yoşdan rivojlantirib boriladi. Yuqorida aytganimizdek, adabiyotimizda zamonaviy bolalar ehtiyojiga mos, sifatli matnlar juda-juda kam.
Qolaversa, öqib tuşuniş könikmasi aniq ta’limiy maqsadlarni qamrab olgan bölib, öqişlilik darajasi (readability) bolaning yoşiga mos matnlar asosida şakllantiriladi.
Bolalar adabiyotida yoş kategoriyasi va matnning öqişlilik darajasi juda muhim omil. Biz odatda 10 yoşli bolaga 15 yoşli bolaning kitobini tutqazib öqi deymiz. Bola bu kitobni öqişga ham, tuşunişga ham qiynaladi. Natijada mutolaadan bezib qoldi. Bu holning oldini oliş uçun 0+, 3+, 6+ kabi yoş kategoriyalari belgilanişi lozim.
Endi öylab köring, bizda yoş kategoriyalari qaysi mezonlar asosida belgilanadi? Muallif yoki muharrirning şaxsiy qariçlaridan boşqa mezon yöq-ku!
Aslida, bularni belgilaş uçun tilşunoslar tadqiqotlar ötkazişi, gap va matn qurilişining murakkabliklarini, söz ma’nolarini tuşuniş darajasini turli yoşdagi bolalarda tajribadan ötkazişi kerak. Xorijda bularning bari işlab çiqilgan, sönggi vaqtlarda zamonaviy özbek tilşunoslari orasida ham bu borada dastlabki tadqiqotlar ötkazildi (bu juda-juda oz). Xullas, şunday tadqiqot natijalari asosida maxsus dastur yaratiladi va matn şu dasturga joylanganda uning öqişlilik darajasi, yoş kategoriyasiga doir tahlillar çiqib keladi. Masalan, ruslarning textometr.ru platformasi orqali, bevosita özingiz sinab körişingiz ham mumkin. Bu platforma rus tilidagi matnlarni tahlil qilib, uning murakkablik darajasini aniq tahlillar bilan körsatib beradi.
Men tajriba uçun Nikolay Nosovning “Bilmasvoy bilan döstlarining boşidan keçirganlari” asaridan kiçik bir parçani tahlilga tortdim. Dastur matn yuzasidan quyidagi xulosalarni çiqardi:
matn murakkablik darajasi böyiça 9-10 yoşdagi bolalarga mos keladi;
fleş formulasiga köra (matnning öqişlilik darajasi —readibility) 51 ball olgan;
rus bolalarining iste’molida bölgan eng faol 5000 sözga 88 foiz mos keladi;
ayrim sözlar (“oduvançik”, “korotyşka”, “margaritka” kabi) şu yoşdagi bolaga notaniş bölişi mumkin.
Endi tasavvur qiling, bizning qölimizda ham şunday tahlil imkoniga ega tizim bölsa! Bu bolalar uçun yozilgan kitoblar, maktab darsliklarining matni haqida aniq xulosalarga kelişimizga kömak beradi. Öz-özidan ta’lim sifatiga ta’sir etadi, bolalarning matnni öqiş va tuşuniş darajasi ortişiga, kitobxonlik rivojlanişiga turtki böladi.
Agar biz çindan ham ta’limimizni rivojlantiriş, yaqin kelajakda PISA dan yuqori natijalar qayd etişni közlasak, sifatli bolalar adabiyotini yaratiş ustida boş qotirişimiz şart. Buning uçun eng avvalo quyidagi işlarni amalga oşiriş zarur:
bolalar uçun yozilgan matnlarning yoş kategoriyalarini belgilovçi mezonlarni işlab çiqiş;
özbek tilining izohli va imlo luğatiga kiritilgan sözlarni bolalarning yoşi, tuşuniş darajasiga muvofiq tarzda tasniflaş (sözlar banki);
bolalar uçun yozilgan matnlarning öqişlilik darajasini (readibility) aniqlovçi mezonlarni işlab çiqiş;
bolalar uçun yozilgan matnlarni öqib tuşunişni baholovçi mezonlarni işlab çiqiş.
Bilişimiz muhimki, mazkur masalalar dunyoning juda köplab davlatlarida, ayrimlari hatto qöşni Qozoğiston, Qirğizistonda ham işlab çiqilgan. Biz ham bu muammolarga ilmiy yeçim topmas ekanmiz, kitobxonlikni rivojlantiriş sust keçaveradi. Unutmang, ta’lim va bolalar adabiyoti egiz jarayon.
Davlat va rağbat
Men biror boşqa iş qilmay faqat ijod qilgim, izlangim keladi. Vatanini, millatini sevadigan odam öz xalqi uçun nimadir qilsam deb kuyinadi. Şaxsan, ana şu maqsadga biror taşkilotda faoliyat körsatib erişaman deb öylamayman. Mening taraqqiyot uçun hissam kitoblarimdir! Şu sababli menda bolalar uçun kitob yozişdan boşqa taşviş bölmasligi kerak. Afsuski, reallik unday emas. Tirikçilik ğamida muntazam boşqa işlar bilan bandman. Zero kitob yozib tirikçilik qilib bölmaydi!
Ustoz ijodkorlar ilgari tirikçilik ğamida bölmaganliklari, yozgan asarlari uçun bemalol bitta maşinaga yetadigan qalamhaqi tölanganini aytib berişgan. Şuning uçun ham ular xotirjam ijod qila olgan.
Öylayman, nega davlat minglab sport ustalari uçun şunçaki “usta” bölgani sabab maoş tayinlaydi-yu, 10 yozuvçiga maoş tayin qila olmaydi? Sababini bilaman, yuqorida aytganimdek, buning ahamiyatini hali jamiyat, davlat darajasida anglab yetmaganmiz. Bolalar kitobxonligi yölida bir kunlik dabdabali tadbir qilamiz, oddiy çiroqlar, led ekranlar uçun yuz millionlab pul ajratamiz, biroq ijodkorga yozgan asari uçun 5 mln söm bera olmaymiz...
Yana öylaymanki, davlat bolalar adabiyotiga pul ajratarkan, xuddi ta’lim kabi, kelajak uçun muhim investitsiya qilayotganini anglaşi zarur. Bolalar adabiyotini ilmiy va ijodiy jihatdan rivojlantiriş uçun davlat dasturlari qabul qilinişi, sohaga yetarliça pul ajratilişi, bolalar naşrlari uçun soliq imtiyozlari berilişi, mualliflarni rağbatlantiruvçi tizim taşkillanişi kerak. Biroq, undan ham oldin sohalarga buning muhim ekanini anglaydigan rahbarlar tayin etilişi zarur...
Mavzuni oddiy statistika bilan yopaman. 2023 yilda Janubiy Koreyada 7.3 mln bola uçun jami 70 mln nusxada kitob naşr etilgan. Özbekistonda 10.5 bola uçun jami 8.5 mln nusxada kitob çiqarilgan. Xulosa, özingizdan...
Yangi adabiy maktab va janrlar tanqisligi
Hojiakbar Şayxov asarlarini öqirkanman, bir savol menga sira tinçlik bermaydi: mustaqillikdan keyin bolalar adabiyotida öziga xos “epidemiya”ga aylangan “Sariq devni minib” asari örnida Şayxovning ilmiy-fantastik asarlari bölganda, hozirgi yoşlarning dunyoqaraşi, ilmiy salohiyati, davlatimizning yalpi içki mahsulotining hajmi qay darajada bölardi?
Albatta, bu savollarga aniq javob beriş muşkul. Biroq fantastikaning davlat iqtisodiyoti rivojida kattagina hissasi borligiga şubha yöq!
Yuqorida “Sariq devni minib” asarini epidemiyaga qiyoslaş bilan uni, aslo, kamsitmoqçi emasman. Bu asar sözsiz adabiyotimizda bolalar uçun yozilgan eng yaxşi asarlardan. Muammo şuki, oxirgi ön yilliklarda bolalarga undan boşqa asarni tavsiya qilmay qöydik. Kitob rastalarida ham, turli tadbir va tanlovlarda ham asosan “Sariq devni minib” asariga e’tibor qaratildi, filmlari işlandi. Istalgan bolaning qölidan tutib kimni öqigansan deb sörang, “Xudoyberdi Töxtaboyevning “Sariq devni minib” asarini” deb javob beradi. Garçi öqimagan bölsa ham şu asarni yaxşi taniydi-da… Öylayman, nega şunday böldi?
Menimça, bariga kommunistik mafkura va uning ğoyaviy tarğibotçisi sotsialistik realizm metodi sababçi. Kommunizm fantastikani xuşlamagan. Unga kommunizmning şonli istiqbolidan çalğituvçi, öquvçini xayolparast qilib qöyuvçi janr sifatida qaralgan. Şu sababli öz vaqtida Hojiakbar Şayxov, Tohir Malik, Mahkam Mahmudovning asarlari şöro adabiyotşunosligi tomonidan qattiq tanqid qilingan, asarlar keng tarğib qilinişiga imkon berilmagan. Şunday qilib, fantastik kitoblar odamlarda ijtimoiy, badiiy ahamiyati past asarlar sifatida taassurot qoldirgan. Afsuski, mazkur hol mustaqillikdan keyin ham davom etdi. Şörolar davrida suyagi qotgan aksar adabiyotşunoslar, ziyolilar fantastikani pisand qilmadilar. Bunga şaxsan özim köp bor duç keldim. Nima emiş, fantastika badiiy asar emasmiş, u öquvçiga estetik zavq bermasmiş...
Örni kelganda eslab ötiş zarur, ötgan asrning 70–80 yillarida Xitoy kommunistik partiyasi ham fantastika bolalarning dunyoqaraşiga salbiy ta’sir qiladi, ularni real hayotdan uzoqlaştiradi degan vaj bilan bu janrdagi asarlarni muayyan darajada çeklaşga uringan. Ammo yillar ötib bu tadbir bolalardagi ilm-fanga bölgan iştiyoq sönişiga, ulardagi ixtiroçilik qobiliyatlarini rivojlanmay qolişiga sabab bölayotgani ma’lum böladi. Şundan söng Xitoy hukumati fantastik asarlar yoziş, bu yönalişda ijod qiluvçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça yirik dasturlar işlab çiqadi. Bu ijobiy ta’sir qilib, Xitoyning bugungi taraqqiyotiga muayyan darajada hissa qöşadi. Hozirda bessellerga aylangan fantastik asarlarning köpi xitoylik yozuvçilar qalamiga mansub.
Nafaqat fantastika, balki fentezi, komiks, rasmli kitob kabi zamonaviy janrlarga ehtiyoj kuçli. Sababi hozirgi bolalar deyarli ertak öqimaydi, ular boşqa dunyoda yaşaydilar. Zamonaviy janrlarni öqigan avloddan muhandislar, fizik, kimyogar va biologlar yetişib çiqadi. Şu sababli bu yönalişga hukumat darajasida e’tibor qilinişi, sohani rivojlantiriş uçun davlat loyihalari e’lon qilinişi kerak deb hisoblayman. Bunda turli yoş toifasi uçun xorijiy fantastik asarlarni tarjima qiliş, milliy yoş fantast yozuvçilarni rağbatlantiriş, maktab dasturlarida albatta fantastik asarlarni majburiy öqiladigan asarlar röyxatiga kiritiş, yangi adabiy maktablarni şakllantiriş zarur.
Bolalar adabiyoti bozori
Talab va taklif bozori bir qaraşda adolatli köringani bilan öta şafqatsiz. Ya’ni talab bölmasa, ming urinmang biror sohani rivojlantira olmaysiz. Afsuski, bizda bolalar adabiyotining bozori mavjud emas. Katta talab ham, yaxşi taklif ham yöqligi sabab ijod rivojlanmaydi. Şunday ekan, davlat miqyosida ana şu bozorni şakllantirişga urinişimiz lozim.
Bunga qanday erişiş mumkin?
Avvalo, iste’molçilarni köpaytiriş bilan. Ya’ni bolalar kitobxonligi muhim ekanini anglaydigan jamiyatni tarbiyalaş orqali ommani kitob sotib olişga örgatiş mumkin. Buning uçun yuqorida sanab ötgan muammolarimizga birma-bir yeçim topiş kerak böladi.
Masalan, men hozir faoliyat yuritayotgan “Mutolaa” loyihasining boş maqsadlaridan biri yurtimizda kitob va kitobxonlik bozorini şakllantirişdan iborat. Buning uçun biz odamlarga sifatli elektron va audiokitoblar hamda qulay mutolaa jarayonini taklif qilyapmiz.
Biz “Mutolaa” da bolalar adabiyotining yorqin kelajagini yaratmoqçimiz. Birinçi qadamni biz asarlarni ilmiy-metodlarga tayangan holda yoş toifalariga ajratişdan boşladik. Biz bolalar ijodkorlarini birlaştiriş va ularni qöllab-quvvatlaş uçun “Mutolaa” qoşida tajriba ijod maktabini taşkil qildik. Unda nafaqat yozuvçilar balki pedagoglar, psixologlar, rassom-dizaynerlar ham birlaşgan bölib, bu bolalar adabiyotining ertasi uçun muhim qadam bölişi aniq. Adabiyotni rivojlantiriş orqali özbek bolalar kitob bozorini şakllantiriş boş maqsad qilib olingan.
Lekin bular ham sohaning töliq oyoqqa turişi uçun bari bir kamdek. Bolalar kitobxonligi davlat taraqqiyoti uçun muhim ekanini jamiyat darajasida anglab yetmas, tom ma’noda kitobxon millatga aylanmas ekanmiz, bari behuda!