Energetika vaziri kelgusi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha uchta rejani aytdi
Chekkaroq hududlarda ko‘mirda ishlovchi qo‘shfunksiyali issiqlik markazlari qurilishi kutilyapti: ular ham issiqlik uzatadi, ham elektr ishlab chiqaradi. Quyosh fotoelektr stansiyalarini tezroq qurish uchun loyihalar tendersiz tanlanishi mumkin. Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va issiqxonalar ko‘mirga o‘tkaziladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston hukumati keyingi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bir nechta yo‘nalishlardagi rejalarni ishlab chiqmoqda. Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bugun, 25 yanvar kuni jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirning aytishicha, gaz yetarli bo‘lgan taqdirda ham bunaqa qattiq sovuq vaqtlarida quvurlarda baribir bosim tushadi, shuning hisobiga chekka hududlarga gaz yetib bormay qoladi. Buning yechimi sifatida bu hududlarda ikki funksiyali issiqlik markazlarini tashkil etish rejasi ko‘rib chiqilyapti: bu markazlar ko‘mirda ishlab, ham issiqlik uzatadi, ham elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Ikkinchidan, hukumat quyosh energiyasidan foydalanishni sezilarli oshirishni mo‘ljallamoqda. Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan anomal sovuq kunlarda ham, hatto qish vaqtida kun qisqa bo‘lishiga qaramay, mavjud quyosh stansiyalari 98 foizgacha quvvatda ishlay olgan.
Quyosh fotoelektr stansiyalarini tezroq qurish maqsadida kompaniyalar tendersiz tanlab olinishi mumkin. Bunda investorlarga elektr energiyasi davlat tomonidan faqat oxirgi tenderlardagi narxlardan (2,8 sent) oshirilmagan narxlarda sotib olinishi sharti qo‘yiladi.
Energetika vazirligi rahbari uchinchi yechim chorasi sifatida ko‘p gaz yoqadigan sanoat korxonalari (qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar va issiqxonalar – ular umumiy gaz iste’molining 8-10 foizini tashkil etadi) ko‘mirga o‘tkazilishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bosh vazir Abdulla Aripov o‘tkazgan selektorda ham kutilayotgan ayrim choralar haqida aytib o‘tilgan edi:
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025
O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi

21:33 / 24.03.2025