Kun.uz muxbirining xabar berişiça, voqea 10 dekabr kuni keç soat 19:20lar çamasida yuz bergan.
Voqea joyiga viloyat hokimi örinbosari Ibrohimjon Xolmatov, Andijon şahri hokimi Bahromjon Haydarov, sektor rahbarlari, «Hududgaz Andijon» mutasaddilari yetib borgan. Aholi bilan uçraşuv ötkazilib, ularning şikoyatlari tinglangan.
Kun.uz muxbiri «Hududgaz» gaz ta'minoti filiali boş muhandisi Akramjon Mirzahmatov bilan suhbatlaşdi.
«Fuqarolarning gaz ta'minoti bilan boğliq savollariga oydinlik kiritiş maqsadida «Hududgaz Andijon» gaz ta'minoti filiali va «Andijonşahargaz» gaz ta'minoti bölimi xodimlari örganişlar olib borişdi.
Ta'kidlaş joizki, şu kunlarda Andijon viloyatidagi aholi punktlarini tabiiy gaz bilan ta'minlaşda bosimning keskin pasayişi kuzatilmoqda. «Öztransgaz» AJ tomonidan taqdim etilgan faksogramma ma'lumotiga köra, «Yangiyer» kompressor stansiyasida avariya holatlari yuzaga kelgani sababli Farğona vodiysiga gaz keltiruvçi magistral gaz quvurlarida bosim pasayişi kuzatilgan.
Şunga köra, Andijon viloyati, xususan Andijon şahrining Hamdöstlik MFY hududida ham gaz ta'minotida uzilişlar yuzaga kelgan», – dedi A.Mirzahmatov.
Boş muhandisning qöşimça qilişiça, «Kömakay» gaz taqsimlaş şoxobçasidagi «Andijon-1» tarmoğining tabiiy gaz yetkazib beruvçi quvurlarida tabiiy gaz bosimi 17–20 kg/sm² dan 3 kg/sm² atmosferaga qadar pasayişi natijasida 1,5 mingdan ziyod aholi xonadonlarining gaz ta'minotida ham qiyinçiliklar vujudga kelgan.
Ayni vaqtda aholi punktlaridagi gaz ta'minotini tiklaş işlari olib borilayotgani ma'lum qilindi.
Ma'lumot uçun, ötib borayotgan haftada şunga öxşaş holat Buxoro viloyatida ham kuzatildi. Avvaliga Buxoro tumani, köp ötmay Qoraköl tumanida aholi vakillari gaz ta'minotidagi muammolar sabab avtomobil yölini tösib qöydi.
Bugun, 11 dekabr kuni «Hududgaz Buxoro» bu ikki tumanda norozilik bildirgan aholi maskanlarida gaz ta'minoti «barqaror izga tuşgani»ni ma'lum qildi
















