Toşkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi öldirib ketildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar bermoqda.
«30 noyabr kuni soat 00.50 larda Toşkent şahar Olmazor tumani IIO FMB profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov tumandagi Ğalaba mahallasiga tezkor çaqiruv böyiça yetib boradi. Xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida muqaddam sudlangan 30 yaşar erkak xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yaşirinadi», deyiladi xabarda.
N.Bobomurotov olgan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi («Qasddan odam öldiriş») bilan jinoyat işi qözğatilgan.
«Voqea tafsilotlari töliq örganilgandan söng jamoatçilikka qöşimça ma’lumot beriladi. Ijtimoiy tarmoq faollaridan vaziyatni yoritişda faqat rasmiy manbalardan foydalanişlarini söraymiz», deyiladi xabarda.
Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsiddinovning qöşimça qilişiça, hozirda prokuratura hamda içki işlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi taşkil qilingan bölib, xodimning hayotiga tajovuz qilişda gumonlanayotgan şaxsni qölga oliş uçun barça zarur çoralar körilmoqda.

















