O‘zbekiston | 10:55 / 17.07.2024
30942
3 daqiqa o‘qiladi

9 ta tuman va bir shahar hokimi ishdan olindi

Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlari ishdan olindi, 28 ta tuman-shahar hokimiga nisabatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlari ishdan olindi, 28 ta tuman-shahar hokimiga nisabatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha videoselektorda ma’lum qilindi.

«Yutuqlarimiz haqida ko‘p gapirish mumkin. Dunyodagi og‘ir sharoitga qaramasdan barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida aniq natijalarga erishyapmiz.

Buni Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham e’tirof etyapti», dedi davlat rahbari.

Bunga munosib hissa qo‘shayotgan tarmoq, viloyat va tumanlarga, tadbirkorlarga alohida minnatdorlik bildirildi.

Shu bilan birga, faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish, Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlarini ishdan olish bo‘yicha Bosh vazir A.Aripovning taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

  • Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumaniga 2020 yil noyabridan buyon Uzaqbergen Utambetov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumaniga 2023 yil aprelidan buyon Daniyar Kurbanov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga 2017 yil mayidan buyon Soli Hamroyev rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Toshkent viloyatining Toshkent tumaniga 2020 yil fevralidan buyon Odilxon Rustamov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Farg‘ona viloyatining Furqat tumaniga 2021 yil aprelidan buyon Jahongir Jumanov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Xorazm viloyati Gurlan tumaniga 2022 yil oktyabridan buyon Umrbek Jumaniyazov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga 2023 yil oktyabridan buyon Sarvar Sultonov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Xorazm viloyati Yangiariq tumaniga 2023 yil avgustidan buyon Kamol Otajonov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Namangan viloyati Mingbuloq tumaniga 2019 yil martidan buyon Nurshod Xudoyberdiyev rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahriga 2020 yil noyabridan buyon Azim Bozorov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Mavzuga oid