Joriy yilda Samarqand şahridagi "Ipak yöli" Xalqaro turizm universitetida yangi yönalişlar taşkil etiladi. Bu haqda universitet prorektori Bahodir Törayev turizm sohasidagi yil yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida qayd etdi. 

Yangi 2019-2020 öquv yilida universitet talabalar uçun ziyorat turizmi, ekoturizm, raqamli turizm,  mehmonxona turizmi, event menejment, turizm sohasidagi xalqaro aloqalar va huquq kabi bir qator yönalişlarda tahsil oliş taklif etiladi.  Şuningdek, bu yili talabalar qabul kvota soni ham sezilarli darajada oşişi kutilmoqda. 

"Hozirda bizning oliygohda bakalavriat böyiça jami 137 talaba tahsil olayotgan bölsa, yangi öquv yilida yana 400ga yaqin talabalarni qabul qilişni rejalaştirdik. Şuningdek, beşta yönaliş böyiça magistraturani ham oçiş maqsad qilingan. Taşkil etilganiga qisqa fursat bölgan bölsa-da, universitetimiz Fransiyaning Parij akademiyasi, Sahid turizm instituti (Indoneziya), Soçi davlat universiteti kabi jahonning 16ta nufuzli ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yölga qöydi.  
Universitet talabalarining yozgi ta'til davomida xorijiy mamlakatlarda malaka oşirişlari uçun ham imkon yaratiladi", dedi Bahodir Törayev.

Şuningdek, universitet prorektori joriy yilda çet ellik talabalarni ham öqişga qabul qilinişi mumkinligini qöşimça qildi. 

 Eslatib ötamiz, «Ipak yöli» Xalqaro turizm universiteti faoliyati Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi 3815-sonli qarori asosida yölga qöyilgan.