Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uçraşdi.
Qayd etilişiça, sanoat va xizmat körsatişni tiklaş uçun, respublika böyiça:
- kuniga 80 million kub metr gaz va 126 million kilo-vatt soat elektr yetkazib beriladi;
- bir hafta içida gaz quyiş şoxobçalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 million kub metr).
Iqtisodiyotda yöqotişlar örnini qoplaş va biznesni qöllab-quvvatlaş uçun bugun alohida prezident qarori imzolangan.
2 ming nafar kiçik va örta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion söm kredit tölovlari 1 iyunga qadar uzaytiriladi, 29 mingta tadbirkorning 2 trillion söm soliqdan qarzini 1 iyulga qadar foizsiz, qöşimça garovsiz va “penya”siz bölib-bölib tölaş imkoniyati yaratiladi.
Quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga işlab çiqarişni tiklaş va aylanma mablağ uçun 8 trillion söm kredit ajratiladi, nosoz uskunalarni ta’mirlaşga kreditlar ajratiladi, ular böyiça 2,5 milliard sömgaça kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi.

















