ID-karta va haydovçilik guvohnomasini birlaştiriş taklif qilindi
“Ayrim sabablarga köra Andijon va Xorazm viloyatlarida uşbu uskuna mavjud bölmagan. Mazkur hududlar aholisi bu yerda ham Davlat xizmatlari markazlari orqali “prava” almaştiriş xizmatini yölga qöyiş masalasida köp marotaba DXAga murojaat qilgan edi.
Albatta, DXA bunday murojaatlarni e'tiborsiz qoldirmagan va “prava” almaştiriş xizmatini körsatuvçi DXMlar geografiyasini yanada kengaytirdi. Endilikda mazkur xizmatni Andijon tumani, Xiva şahri va Qoraköl tumani (Buxoro viloyati) Davlat xizmatlari markazlarida ham oliş imkoni mavjud”, deyiladi agentlik xabarida.
Yangi haydovçilik guvohnomasini tiklaşni DXM orqali amalga oşiriş taklif etilmoqda
DXA karantin davrida Davlat xizmatlari markazlarida faqatgina keçiktirib bölmaydigan xizmatlar körsatilayotganini eslatib, aholiga özlari va yaqinlarining soğligini xavf ostiga qöymasdan, xizmatlardan onlayn foydalanişni tavsiya qiladi. Qayd etilişiça, davlat xizmatlari markazlari orqali karantin yakuniga yetganidan sönggina eski haydovçilik guvohnomasi yangi namunadagisiga almaştirib berilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, eski namunadagi haydovçilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvardan boşlab haqiqiy emas deb topiladi. Şu sababli 2020 yil 31 dekabrga qadar eski namunadagi barça milliy haydovçilik guvohnomalari yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasiga almaştirilişi kerak.
Eski guvohnomani yangisiga almaştiriş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 70 foizi miqdoridagi pul, pasport va eski haydovçilik guvohnomasi hamda uning taloni taqdim etilganda amalga oşiriladi

















