2024 yil 15 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudida 11 yoşli qizning zörlab öldirib ketilişiga doir jinoyat işi yuzasidan sud hukmi öqildi. Bu haqda Farğona viloyati sudi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, sud hukmi bilan voyaga yetmagan sudlanuvçi M.S.ga Jinoyat kodeksi 25, 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismining «v, z, o» bandlari, 118-moddasi 4-qismi (ön tört yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş), 119-moddasining 4-qismi bilan (ön tört yoşga tölmagan şaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) uşbu kodeksning 85-moddasi hamda 59-moddasining 3-qismi tartibida 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Voyaga yetmagan sudlanuvçi D.A.ga Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining «v, z, o» bandlari, 118-moddasining 4-qismi va 119-moddasining 4-qismi bilan uşbu kodeksning 85-moddasi hamda 59-moddasining 3-qismi tartibida 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilgan.
Şuningdek, voyaga yetmagan sudlanuvçi B.X.ga Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qismi bilan (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yaşiriş) kodeksning 62, 84−1-moddalari tartibida 2 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Hukmdan norozi taraflar tegişli muddatda Farğona viloyat sudiga apellyatsiya tartibida şikoyat beriş huquqi tuşuntirilgan. Jinoyat işi yopiq sud majlisida körilgani bois iş tafsiloti oşkor etilmagan.
Eslatib ötamiz, 2023 yilning 20 iyul kuni Farğona şahri Yangi Asr köçasida joylaşgan qurilişi tugallanmagan bino yonidan 11 yoşli qizning murdasi zörlaş alomatlari bilan topilgandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam öldiriş), 118 (nomusga tegiş) va 119 (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Keyinçalik Farğona şahridagi 16-umumiy örta ta’lim maktabining 11-sinf öquvçisi qizning uyiga kelib, onasi uni çaqirayotganini aytgan va uydan olib çiqib ketgani oydinlaşgandi.
2023 yil 28 iyul kuni Farğonada içki işlar tizimi böyiça videoselektor ötkazgan prezident uşbu voqeani ham tilga olib, bu holat vaziyat qançalik oğirligini körsatib turganini ta’kidlab











