Toşkent şahar sobiq hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning şahar kengaşi deputatligi vakolati muddatidan oldin töxtatildi. Tegişli qaror 27 yanvar kuni şahar kengaşi tomonidan qabul qilingan. Bu haqda ikki mustaqil manba, jumladan, yiğilişda qatnaşgan deputatlardan biri «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Qonunçilikka köra, senator va kengaş deputati vakolat muddati davomida daxlsizlik huquqiga ega.

Jahongir Ortiqxöjayev 2020 yil yanvar oyida ÖzLiDeP partiyasidan 48-saylov okrugidan kengaş deputati, söngra beş yillik muddatga senator etib saylangan edi. Uning vakolat muddati 2025 yilning yanvarigaça hisoblangan.

Qonunga muvofiq, deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan avval tugatiladi:

  • vakolatlarini tugatiş töğrisidagi yozma ariza;
  • qonun hujjatlariga muvofiq deputatlik vakolatlarini amalga oşirişga töğri kelmaydigan lavozimga saylaş yoki tayinlaş:
  • sudning ayblov hukmi qonuniy kuçga kirganligi;
  • vakolati qaytarib olinişi;
  • sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilişi;
  • sudning qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yöqolgan deb topiş yoki vafot etgan deb e’lon qiliş;
  • Özbekiston Respublikasi fuqaroligini yöqotganligi;
  • ölimi.

Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegişli xalq deputatlari Kengaşining qarori bilan muddatidan oldin tugatilişi mumkin. Bunday masalani körib çiqiş uçun deputatning yuqori martabasini obrösizlantiradigan xatti-harakatlar asos bölişi mumkin.

Ma’lum qilinişiça, sobiq hokimning özi deputatlik vakolatlarini topşiriş töğrisida ariza bilan murojaat qilgan.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16 yanvar kuni 2018 yil aprelidan buyon poytaxt hokimligini boşqarib kelgan Jahongir Ortiqxöjayev işdan böşatilişini ma’lum qildi. «Men uni öz lavozimidan olib taşladim. Böş gap, yolğon hisobot, pastga tuşmagani uçun, bu noinsofning oyoği yerdan uzilgani uçun uni işdan böşatdim», — dedi davlat rahbari.

Öşa kuni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda sobiq hokim va uning oilasi Uzbekistan Airways'ning HY 271-reysi bilan Turkiyaning Istanbul şahriga uçib ketiş uçun röyxatdan ötgani haqida xabar berdi. Istanbulga uçib ketgan yölovçilar orasida Jahongir Ortiqxöjayev bölmagan.