Havo harorati keskin tuşib ketgan paytda aholining tabiiy gazga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida dastlab poytaxtdagi, söngra boşqa hududlardagi metan-şoxobçalar faoliyati vaqtinça töxtatilgandi. Bundan taşqari, bahorgaça davlat idoralariga qaraşli avtomobillarga siqilgan gaz quyiş taqiqlangan, ular benzinga ötkazilişi ma’lum qilingandi.

Energetika inqirozi şaroitida kiritilgan çeklovlar ta’sirini yumşatiş maqsadida AI-80 benzini importi va realizatsiyasi 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgaça aksiz soliğidan ozod qilindi. Şu bilan birga, neft va gaz kondensati taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar qazib oluvçi taşkilotlar tomonidan işlab çiqaruvçilarga faqat birja orqali sotilişiga oid tartib bekor qilindi.
Buning natijasida 13 dekabr, seşanbadan boşlab “Özbekneftgaz” şoxobçalarida AI-80 benzini narxi 6800 sömdan 5700 sömga tuşirildi. Benzin arzonlaşgani poytaxtdagi şoxobçalarda turnaqator navbatlarni yuzaga keltirdi.

Kun.uz’ga intervyu bergan haydovçilar narxlar arzonlaşganini olqişlaş barobarida faqatgina “Özbekneftgaz” şoxobçalarida AI-80 benzini 5700 sömdan sotilayotgani, qolgan “zapravka”larda narx avvalgi holida qolayotgani, bu esa uzundan-uzoq navbatlar paydo bölişiga olib kelayotganini aytişmoqda.

Internetdagi xabarlarga köra, poytaxtdagi boşqa şoxobçalarda AI-80 markali benzin 6500 sömdan 7500 sömgaça sotilmoqda.

















