Fuqarolik işlari böyiça Çiroqçi tuman sudining qaroriga asosan 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti otaga yuklatilgan bölib, MIB tuman bölimi xodimlari tomonidan qarzdor aliment tölovlarini tölaşi yuzasidan ogohlantirib kelingan bölsa-da, ota sud buyruğida belgilanganidan köra kam miqdorda aliment tölab kelgan.
Mas'ul davlat ijroçisi tomonidan qarzdor bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, qonunçilikda belgilangan javobgarlik yuzasidan tuşuntiriş berilgan. Natijada fuqaro alimentdan bölgan barça qarzini tölaş bilan birga farzandi voyaga yetguniga qadar hisoblangan aliment pulini tölaş istagini bildirgan.
13 aprel kuni kelişuv bitimi asosida qarzdor ota tomonidan tölangan 45 mln 200 ming söm aliment puli sobiq rafiqasiga topşirilgan.
Avvalroq bulunğurlik ota farzandining alimenti uçun 200 million söm, sirdaryolik ota maşinasi xatlangaç, farzandlariga 31 million söm aliment tölab bergan, alimentni öz vaqtida tölamagan andijonlik ikki nafar ota 15 sutkaga qamalgan edi.
Bundan taşqari, Samarqandda alimentdan qarz bölgan ota 67 million söm qarzini tölab, farzandlariga uyini ham bergan bölsa, Qöqonda aliment tölovi örniga «Spark», Buxoroda esa uy va «Nexia-2» kalitlari topşirgan edi.

















