26 yanvar kuni Kun.uz'ga şu mazmundagi onlayn murojaat kelib tuşgaç, “Taşkent Index” savdo-işlab çiqariş majmuasida taşkil etilgan yotoqxonaga yetib bordik. Majmua hududiga yetib boriboq körganimiz yoppasiga köç-köronini yiğiştirayotgan talabalar böldi.
Biz vaziyatga oydinlik kiritiş uçun yuklarini yiğiştirib ketayotgan talabalarga mikrofon tutdik. Ammo savdo majmuasining qöriqlaş xizmati xodimlari va OTM öqituvçilari nazorati hamda qarşiligi sabab ular bilan suhbatlaşişimiz oson bölmadi.
“Şu paytgaça yotoqxonamizda joy yöq edi. Hozir 4-kurslar amaliyotga çiqyapti, şuning uçun talabalarni yotoqxonaga olib borib joylaştiramiz”, – dedi Toshkent davlat yuridik universiteti öqituvçilaridan biri.
Nega, qayerga çiqib ketyapsiz mazmunidagi savollarimizga xuddi şu universitetning bir neçta talabalaridan javob oldik.

“Bu yerda 8 kişi turar edik. Hozir öz xohişimiz bilan ijaraga çiqmoqçimiz. Yotoqxonaga ham bolalarni olib ketişyapti, lekin biz ijara uyga çiqmoqçimiz. Öz xohişimiz bilan”, – deydi ulardan biri.
“Bilmadim nega çiqib ketayotganimizni. “Srogi” tugagandir...” – deydi boşqa bir talaba.
Özlari yolğiz yoki ota-onalari bilan yuklarini yiğiştirayotgan talaba qizlarni uçratdik. Ular vaqtinça ijaraga köçişayotganini aytişdi.
“Stomatologiya institutida öqiymiz. Yotoqxonamiz bitgani uçun bu yerdan çiqib ketyapmiz. Heç qanday muammo bölgani yöq, heç kim quvib çiqarmayapti. Hozirça ijara uyda turibmiz, bir haftada yotoqxonaga köçirişar ekan”, – deydi ulardan biri.
Köç-köronini yelkasiga ortib koridorda şoşilib harakatlanayotganlar orasidan ötib, yuklari yiğilgan bölsa-da haliyam xonalarini tark etmagan talabalarga mikrofon tutamiz. Ming bor öylanib ulardan biri dardini oçadi:
“15 daqiqa oldin çiqib ketişimizni aytişdi. Heç bölmasa, bir neça kun oldin aytiş kerak edi. Institut xodimlari kelib, şu yerda turgan hamma talabani çiqarib yuboryapti. Hozir ijara uyga çiqib ketişga majburmiz. Institut yotoqxonasiga borsak, joy bölmasa, polga yotişimizni aytişyapti. U yerdan ham keyin ijaraga çiqişimiz kerak ekan, faqatgina ijara uy topgunça joy berib turişar ekan.

















