Özbekiston va Rossiya şaharlari örtasida yengil avtomobilda qatnaydigan önlab haydovçilar 13 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi binosi oldida töplanişdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, respublikaning turli viloyatlaridan kelgan haydovçilar 1 yanvardan kuçga kirgan yangi bojxona tartibidan şikoyat qilişmoqda.

Yangi tartibga köra, endilikda jismoniy şaxslar şaxsiy ehtiyojlari uçun çet eldan olib kelayotgan tovari miqdori bojsiz olib kiriş me’yorlaridan orsa, bojlar soddalaştirilgan tartibda undirilyapti.

Ya’ni bojxona boji, QQS va aksiz soliği örniga yagona bojxona tölovi joriy etildi. Tölov stavkasi tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin bir kilogrami uçun 3 dollardan kam bölmagan miqdorda belgilangan.

Haydovçilar nimadan norozi?

Haydovçilar joriy etilgan boj miqdori qimmatligini aytib, uni pasaytirişni iltimos qilişmoqda.

«Özbekistonga kirib kelişda 1 kg yuk uçun tölanadigan 3 dollar Rossiyada işlaydigan yurtdoşlarimizga va Rossiya-Özbekiston yönalişida qatnaydigan haydovçilarga oğirlik qilyapti.

Rossiyada işlaydigan yaqinlarimizning oyligi 30-35 ming rubl atrofida bölsa, undan oylik patent tölovi va kvartirasiga tölasa, yuklarini olib kelişimiz uçun bizga kilosiga 120 rubldan (2 dollarga yaqin) tölov qilsa, fuqarolarimizga nima qoladi?

Oila boqiş uçun 4-5 kunlab, uyqusizlik azobi bilan Qoraqalpoğiston çegarasigaça yetib kelamiz. Şu 4-5 kun içida Qozoğiston bilan çegaradagi bojxonada bir kunlab navbatda qolib ketamiz. Bojxonaga kirişda «Yuklarimiz uçun qança pul olişarkan?» deb yurak hovuçlab ötiramiz.

Maşinasining tirkamasi borlar 10 million sömdan boşlab tortişib-tortişib, 4-5 milliongaça tuşirişadi. Yengil maşina ustidagi bagaji uçun 1,5-2 million atrofida pul tölanadi.

«Agar pulni tölamasang, qora röyxatga kiritamiz. Keyin Özbekistondan çiqa olmaysan», deb dağdağa ham qilişadi», – deya rasmiylarga iltimosnomasini öqib berdi yiğilganlardan biri.