Davlat xavfsizlik xizmati Human.uz sayti direktori Xurşid Daliyev va boşqalarga nisbatan oçilgan jinoyat işi böyiça rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, jinoyat işi DXX tomonidan oçilgan va bunga fuqaro I.A.ning murojaati sabab bölgan. Xurşid Daliyev va boşqalar Telegram'dagi “Kompromatuzb” va boşqa kanallar orqali qilingan jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanyapti.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Tergov davomida protsess iştirokçilari advokat bilan ta’minlangan. Tergov jarayonlarini olib borişda ularning qonun bilan belgilangan huquq va erkinliklari ta’minlanişi kafolatlanadi. Uşbu jarayon bilan boğliq ma’lumotlar doimiy ravişda e’lon qilinib boriladi”, – deyiladi DXX axborotida.

Rasmiy xabarda gumondorlar soniga va ularning mansabiga aniqlik kiritilmagan.

Qonunçilikka köra, mazkur modda bilan ayblanganlarning aybi tasdiğini topsa, aybdorlar 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.

Ayni paytda, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huquq organlarini mazkur vaziyatda amaldagi qonunçilikka rioya qilişga çaqirdi.

“Aniqlanişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga fuqarolardan uşbu internet-naşrda işlovçi xodimlar bilan boğliq murojaatlar kelib tuşgan. Ularga asosan, Toşkent viloyati Qibray tumani Universitet köçasi 2-uyda tezkor tadbir taşkil etilgan. Tez orada batafsil ma’lumot berilişi ta’kidlandi.

Raqamli texnologiyalar vazirligining ma’lumotiga köra, Human.uz veb-sayti Özbekiston Respublikasi qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborot mavjud bölgan internet tarmoği Reyestriga kiritilmagan va Özbekiston Respublikasi hududida undan foydalanilişiga çeklov qöyilmagan.

AOKA huquqni muhofaza qiluvçi organlarini Human.uz internet-naşri xodimlari bilan boğliq vaziyatda amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinişiga hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklari ta’minlanişiga çaqiradi”, – deyiladi agentlik bayonotida.