4 aprel kuni xalq deputatlari Danğara tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körildi.

Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyevning qaroriga köra Şuhratjon Nurmuhammadoviç Tojihakimov Danğara tumani hokimi etib tayinlandi. 

Şuhratjon Tojihakimov bunga qadar Yozyovon tumani hokimining birinçi örinbosari bölib işlagan. 

Danğara tumanining avvalgi rahbari Saidmurod Aminjonov şu yilning fevralida viloyat hokimi örinbosari – mahalla va oilani qöllab- quvvatlaş viloyat boşqarmasi boşliği etib tayinlangandi. Ötgan vaqt mobaynida Özbekiston tumani hokimining birinçi örinbosari Anvar Abdullayev Danğara tumani hokim vazifasini bajarib kelayotgandi.

Bundan avvalroq Farğona viloyatida ikki şahar hokimi özgargan, Quvasoy şahri hokimi Adhamjon Ziyovuddinov Marğilon şahriga, viloyat uy-joy va kommunal xizmat körsatiş boşqarmasi boşliği vazifasida faoliyat yuritgan Ravşan Rahimjonov Quvasoy şahriga rahbar etib tayinlangandi.