Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, shamol tezligi soniyasiga 15-25 metrni tashkil etgan.
Natijada ayrim korxona, tashkilot va ko‘p qavatli turar joylarning tom qismiga zarar yetgan.

«Hodisalar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 3ta maxsus texnika va 20 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», – deyiladi FVV xabarida.

«Ayni damda «Xorazm xududiy elektr tarmoqlari» AJ ham yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etib, navbatma-navbat elektr uzilishlarini bartaraf qilishmoqda. Qisqa muddatda avariyalarni bartaraf qilib, elektr energiyasi yetkaziladi», – deyiladi Xorazm viloyati hokimining Telegram`dagi kanalida.


Bu yilgi bahor O‘zbekistonda qator talafotlar bilan kechmoqda. 27 aprel kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida bir kishi vafot etib, 41 kishi jarohat olgan edi.
Tabiiy ofat Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlariga yetkazgan zarar davlat budjetiga kamida yuz milliard so‘mga















