Özbekistonda 2023 yilgi davlat dasturi loyihasi muhokamaga qöyildi. Loyihada yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş sohasini “şahar avtomobillar emas, balki piyodalar uçun” ğoyasi asosida isloh qiliş belgilangan.
2023 yil 1 iyundan boşlab respublikaning barça aholi punktlarida transport vositalari harakatlanişining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgaça tuşiriş taklif etilmoqda.
Izohlanişiça, tezlikni 10 kilometr soatga tuşiriş ölim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirişga olib keladi. Birgina Toşkent şahrida 2022 yilda 1200 ta yöl-transport hodisasi sodir etilgan, bu 2021 yildagi holatlardan (1073) qariyb 130 taga köp. Uşbu davrda yöl-transport hodisalari oqibatida halok bölganlar soni 136 nafarni taşkil etadi.
Şuningdek, 2023 yil 1 sentabrdan boşlab, transport vositasining mulkdoriga transport vositasini boşqariş huquqi ötkazilgan şaxs bilan birgalikda tegişli huquqni belgilovçi hujjatni taqdim etgan holda DYHXX organlarini transport vositasini boşqariş huquqini ötkazgani haqida xabardor qiliş huquqi beriladi.
Bunda, xabarnoma olingan kundan boşlab vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etiş tizimiga tegişli özgartirişlar kiritiş va uşbu transport vositasida sodir etilgan yöl harakati qoidalari buzilgani uçun boşqariş huquqi ötkazilgan şaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnomani rasmiylaştiriş tartibi joriy etiladi.
Bu mexanizmlar transport vositasi boşqaruvi bilan boğliq ma’muriy huquqbuzarliklarni maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etişda ball tizimi joriy etilişi munosabati bilan kiritilmoqda.

















