Skrinşot: Bosim ostida öçirilgani aytilayotgan postdagi birinçi surat

Daryo.uz fotomuxbiri Madina Nurman Buxoro şahriga xizmat safari çoğida boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyev va qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xöjayev aks etgan ikki fotosuratni 23 yanvar kuni öz Telegram-kanalida e'lon qildi va köp ötmay, rasmni öçirişga majbur bölganini bildirdi.

«Rasmlar öçdi, afsuski. Şuhrat Ğaniyevning yonidagi vazir boşqa olinmaydi rasmga kanal muallifi tomonidan. Internetdan olamiz xabarlarimizga kerak bölib qolsalar. Ming bor uzr!» – deya izoh qoldirdi Madina Nurman.

Skrinşot: Bosim ostida öçirilgani aytilayotgan postdagi ikkinçi surat

Şundan söng Özbekistondagi köplab blogerlar fotosuratçiga bosim bölgan degan taxminda bu suratlarni öz kanallariga post qilib qöyib, ulaşa boşladi.

Taniqli huquqşunos, bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev suratdagi ikkala amaldor ham prezidentning Buxoroga taşrifi vaqtida davlat rahbaridan ogohlantiriş olganiga e'tibor qaratdi.

«Nima uçundir uşbu suratlar Madina Nurman kanalidan öçirtirilibdi, öşançun atayin özimga joylab qöydim, ikkinçi marta köngli öta nozik amaldorlarimiz nimanidir öçirtirişdan oldin sal aqlini işlatib, öylab körişsin», – deydi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.

Bloger Şahnoza Soatova bu kabi harakatlar teskari ta'sir körsatişini ta'kidladi.

«Öçirtirilgan har postki bor, rezonans beradi. Hayotda hamma narsa böladi, bir qarasang maşhur blogerlar maqtaydi, bir qarasang katta rahbardan tanbeh eşitasan. Ijtimoiy tarmoqda aks etaveradi bari. Lekin öçirtiriş... Unaqa toqatsiz bölmanglar, mana nima böladi buning oxiri – eşitmaganlar eşitib, bilmaganlar biladi.