Davlat xavfsizlik xizmatiga köra, «Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan ötkazilmagan.

“Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boşqarmasi tomonidan «Quramax Medikal» MÇJ hamda «Dori vositalarini standartlaş ilmiy markazi» MÇJ mas’ul şaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlaş lozimki, Hindiston davlatida işlab çiqarilgan «Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalarining nojöya ta’siri oqibatida, hozirga qadar «ötkir buyrak yetişmovçiligi» taşxisi bilan davolangan bemor bolalar hayotdan köz yumgan.

«Quramax Medikal» MÇJ tomonidan mamlakatimizga import qilingan uşbu preparatlar «Dori vositalarini standartlaş ilmiy markazi» MÇJ tomonidan laboratoriya sinovlaridan ötkazilgan hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylaştirilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanişiça, «Dori vositalarini standartlaştiriş ilmiy markazi» MÇJ mas’ul xodimlari tomonidan me’yoriy-huquqiy hujjat talablari qöpol ravişda buzilib, uşbu dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan ötkazilmaganligi natijasida, sifatsiz preparatlarning sotuvga çiqarilişiga yöl qöyilgan”, — deyiladi DXX xabarida.

Qöşimça qilinişiça, jinoyat işi doirasida «Quramax Medikal» MÇJning 2 nafar rahbar xodimi hamda «Dori vositalarini standartlaştiriş ilmiy markazi» MÇJning 2 nafar mas’ul xodimi gumonlanuvçi şaxslar sifatida DXX Tergov hibsxonasiga tegişli tartibda joylaştirilgan. Şuningdek, «Quramax Medikal» MÇJ tomonidan Hindiston davlatidan Özbekistonga import qilinayotgan dori vositalarining bojxona nazoratidan ötkazilişi töxtatilgan hamda dorixonalardagi bunday preparatlar yiğib olingan.  

Şuningdek, «Quramax Medikal» MÇJga tegişli dori vositalari Özbekistonda belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilgani hamda soğliqni saqlaş tizimidagi mutasaddi xodimlarning uşbu holat böyiça amalga oşirgan harakatlarini tekşiriş yuzasidan zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.