Şveytsariyaning Veve-syur-Korse şahrida joylaşgan Ser Çarlz Spenser Çaplin (1889-1977) hayoti va ijodiga bağişlangan muzey ilk mehmonlarni qabul qila boşladi. Kinematografiyaning universal ustasi öz hayotining söngi 25 yilini ötkazgan “Manuar de Ban” maskanida uning köplab fotosuratlari, kinomateriallari, şaxsiy buyumlariga boy ekspozitsiyasi taqdim etilgan. Çaplin AQŞda “makkartizm davrida” bölib ötgan taqiblar tufayli Şveytsariyaga köçib borgan.
Veve-syur-Korse şahrida buyuk kinoaktyor, ssenarist, rejissyor va kompozitorning 127 yilligiga bağişlangan tadbir va muzeyning oçiliş marosimida uning öğillari Maykl va Yujin qatnaşişdi.
“Çaplin dunyosi” deb nomlanuvçi muzey majmuasi Çaplinning oilasi va avlodlarining qilgan harakatlari natijasi hisoblanadi. Loyihani amalga oşiriş uçun 16 yil kerak böldi.
Majmua Çaplin öz oilasi bilan yaşagan uy va maxsus körgazma uçun qurilgan binolardan iborat bölib, uning maydoni 3 ming kv. metrni taşkil etadi. Muzeyga taşrif buyurganlar buyuk aktyorning nafaqat ijodi, balki tarixda klassika bölgan “Çaqaloq”, “Oltin vasvasasi”, “Yangi davr”, “Buyuk diktator” kabi filmlarning yaratiliş jarayonlarini körişlari mumkin böladi.
Loyiha taşkilotçilari muzeyga har yili 300 ming mehmon taşrif buyuradi, degan umidda va ularning köpçiligi xorijliklar bölişi kutilmoqda.
















