Sidney universiteti olimlari «dunyodagi birinçi çöpon-robot» sinovini ötkazayapti, deb xabar qilmoqda New Scientist naşri. SwagBot deb nomlangan tört ğildirakli maşina sinovi iyun oyida boşlangan. Robotlaşgan çöpon prototipi, qöy, qoramol va ot tödalarini bir joyga töplay oladi, ötib bölmas döngliklarni aylanib ötiş orqali yaylov kengliklarida harakatlanib, oğir yuklarni aravada taşiy oladi.  

Olimlar, işlab çiqarişning keyingi bosqiçida, robot-çöponga, çorva mollari tana haroratini ölçay oladigan va ularning orasidan kasallanganlarini aniqlay oladigan sensorlarni örnatişni rejalaştirmoqda. 

Bundan taşqari, SwagBot çorva podasini boqiş uçun munosib joy tanlay oladi, ya'ni unga u yoki bu maydondagi maysalarning qalinligini aniqlaydigan sensorlar ham örnatiladi. 

Avvalroq, Sidney universiteti mutaxassislari qişloq xöjaligi ekinlarining holatini avtomatik ravişda nazorat qila oladigan  robotni işlab çiqişgani xabar qilingan edi.