Turkiya poytaxti Anqara şahrida otişma ovozlari eşitilgan. Bu haqda “Reyter” agentligi xabar bermoqda. Turkiya boş vaziri mamlakatda harbiy töntarişga uriniş yuz berganini aytmoqda.

Harbiy vertolyot Anqarada joylaşgan milliy razvedka taşkilotiga qarata öt oçgan. Bu haqda DHA agentligi ma'lum qilgan.

Turk politsiyasi Istanbulning Osiyo va Yevropa qismini birlaştirib turuvçi Bosfor böğozi ustidagi köprik harakatlarini töxtatgan. Ikkala köprik ustida ham harbiylar nazorat örnatgan.

Ayrim turk OAVlarining xabar berişiça, Anqarada markazida joylaşgan Turkiya boş ştabi yonida otişma sodir etilgani haqida xabar bermoqda. Anqaradagi barça xavfsizlik kuçlari va politsiya xodimlari zudlik bilan işga çaqirilgan.