Andijonning Buloqboşi tumanidagi Dölan mahallasidagi söritoklariga uzumlari böylagan oddiy özbek xonadoni vakili ğalabasiga butun yurt  köz tikkan oqşom xonadon ahli bilan birga böldik.
Uçraşuv arafasida Hasanboyning otasi Ma'rufjon aka va onasi Dilnozaxon opalar nigohida ğalati xavotirni kördim. Ular qalbida – Bugun Xasanboy ğalaba qozonib, oltin medal olarmikan? degan savol emas, balki jigarbandini faqat ğalaba kutayotgan Özbekiston ahlining işonçini qozonişi haqidagi öy edi, bu. Boksçimizning ikkita ukasida esa boşqaça kayfiyat – Akam, albatta oltin medalni oladi,-deydi Islombek va Faryozbeklar.

Bahs boşlanişiga yaqin qolganida xonadon sahni mahalladagi yoru-birodarlar bilan tölib bölgan edi. Xasanboyni ringga duo bilan kuzatib qoldilar.
Onaizor Dilnoza opa öğli Xasanboy ringga tuşsa, televizor qarşisida ötira olmas ekan. Uni tuşuniş mumkin. Qaysi ona dilbandi kuraşga tuşganida unga berilgan zarbalarga nigoh taşlab ötira olardi... Boksçilar ringga kötarilişi bilan opa boşqa xonaga çiqib ketdi. U oynai jahonni körmasada butun vujudi bilan Xasanboy bilan birga edi... 

 Boksçimizning yaqinlari bilan dasturxon atrofida davra qurib, final bahsini kutamiz. Taşqari hovlidagi televizor qarşisida mahalla-köy töplangan. Töğrisi, özbek öğloni final bahsini yengil ötkazgandek... Çunki, har tomonlama yuqori saviyadagi tayyorgarlikka ega atletimiz raqibidan barça jabhalarda ustun edi. Mahalladoşlar uning har bir zarbasini qarsaklar bilan qarşi olişar, qarsaklar soni esa borgan sari köpayib bordi. Birinçi raunddan söng baholar e'lon qilingaç, hamma suyungan bölsa, ikkinçi raunddan söng barçamiz yengil tin oldik. Uzoq kutilgan oltin medalning isi endi aniq dimoqqa urardi. Hakam Mustaqil Özbekiston vakili bölgan Xasanboyning qölini yuqoriga kötarganida butun yurt insonlarining ğururi kökka parvoz etdi, göyo...

Dölan mahallasi köçalari tumandoşlar va Andijonning turli burçaklaridan tabriklaş uçun kelgan mehmonlar bilan tölib ketgan. Tumonat odam – Özbekiston! Özbekiston!,-deya çempionni olqişlar, katta bayram boşlanib, bir zumda karnay-surnayç sadolari yangradi.