Qozoğistonlik vaynerlar boksçilar Vasiliy Levit va Yevgeniy Tişçenko örtasidagi katta şov-şuvga sabab bölgan jang ularning nazarida qanday bölib ötganiga doir videorolik suratga olişdi.
Instagram tarmoğida Sekavines niki ostidagi foydalanuvçining sahifasida "2016 yilgi Olimpiya öyinlari bizning nazarimizda" deb nomlangan xazil videotasma paydo böldi.
Parodiya syujyetiga köra, qizil va kök formalardagi boksçilar ringda jangga kirişadilar. Rolikda kök kiyimli boksçi(Levit)ning ustunligi aniq körsatib beriladi.
Jangning bunday tus olişini körgan referi qizil kiyimli boksçiga yordam bera boşlaydi, keyin esa unga şifokor va boşqa kişilar kömak berişadi, buning natijasida kuçli boksçi butun bir olomon bilan jang qilişiga töğri keladi.
Jang yakunlangandan söng referi "qizil"ni ğolib sifatida e'lon qilib, uning qölini kötaradi, qozoğistonlik boksçi bunga xotirjam munosabatda böladi va "ğolib"ni tabriklaydi. Buning ustiga u jang natijasidan norozi muxlislarni tinçlantirgandek bölib barmoği bilan "tinçlaning" işorasini körsatadi - Levitning bu harakati boks muxlislari orasida maşhur bölib ketdi.
Eslatib ötamiz, rossiyalik boksçi Yevgeniy Tişçenkoning ğolib, deb e'lon qilinişi qozoğistonlik muxlislarda katta norozilik uyğotdi. Hakamlarning qarori butun dunyoning nufuzli sport kanallari tomonidan ham ayovsiz tanqid qilindi.
Keyinroq Internetda qozoğistonlik boksçi Vasiliy Levit va rossiyalik sportçi Yevgeniy Tişçenko örtasida bölib ötgan jang natijalariga doir petitsiya joylaştirildi.
Xalqaro Olimpiya qömitasi Levit - Tişçenko jangining baholanişini adolatli, deb topdi.

















