Norvegiya noqonuniy muhojirlarning oqimini töxtatiş uçun Rossiya bilan çegarada tösiq qurmoqçi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Balandligi 3,5 metrlik va uzunligi 200 metrlik panjara ikki davlat örtasida yagona ötkaziş punkti "Borisoglebsk — Sturskug" yonida qurilmoqçi. Tösiq darvoza bilan jihozlanadi. Panjaralar qurilişi yaqin haftalarda, sovuq tuşgunça tugatilişi kerak.

Rossiya bilan çegarada tösiq quriş qarori bir qator norvegiyalik siyosatçilar va jamoat arboblarining salbiy munosabatiga sabab böldi. Ularning fikriça, bu sovuq uruşning aks sadosi böladi. Bundan taşqari, uşbu qadam taqibdan qoçayotganlarga Norvegiyaga kirişga xalaqit beradi. "Tösiqqa ehtiyoj körmayapman. Yevropada hozir umuman köp tösiqlar örnatilmoqda", deb aytdi çegara ötkaziş punkti joylaşgan Syor-Varanger kommunasi rahbari Rune Rafaelsen.

Çegarada tösiq barpo etiş ğoyasi birinçi marotaba 2016 yil aprelda bildirilgandi. Norvegiya hukumatida Rossiya bundan xabardor qilingani va u tomondan bunga e'tiroz bildirilmagani aytilgan.