Riodagi Olimpiadaning kumuş medali sohibi, polşalik sportçi Petr Malaxovskiy öz medalini kam uçraydigan kasalga uçragan bolaning davolanişini tölaş uçun sotib yubordi.  

"Olimpiadada ğolib böliş har bir sportçining orzusi. Albatta eng qadrlisi oltin medaldir. Biroq men qölimdan kelganini qildim. Afsuski, bu gal men oltinga bir qadam yeta olmadim. Biroq taqdir menga kumuş medalimning qadrini oşirişga imkon berdi. 

Olimpiadadan keyin bir ayol farzandiga yordam beriş iltimosi bilan menga xat yozdi. Olek öz hayotining yarmidan köproği davomida kam uçraydigan kasallik – köz saratoni bilan kuraşib keladi.

Men kumuş medalimni auksionda sotdim. Olingan barça pulni bolaning davolanişi uçun yubordim", deb yozdi Malaxovskiy feysbukda.

Polşalik sportçi öz medalini disk uloqtirişda qölga kiritgandi. U diskni 67,55 metrga uloqtirgan. Oltin medal esa germaniyalik sportçi Kristof Xartingga nasib qilgandi.