AQŞning sara qöşinlarining 2 nafar harbiysi Yevropada adaşib qoldi. Ular Lixtenşteyn knyazligi örniga Germaniyaning Saksoniya yeriga kelib qolişgan. Bu haqda Deutsche Wirtschafts Nachrichten naşriga iqtibos keltirgan holda RT xabar bermoqda.
Germaniyaning Lixtenşteyn şaharçasidagi qöğirçoqlar muzeyi egasi Yorg Fleming uning muzeyiga ikki amerikalik harbiy kirib, şahar qayerda joylaşganini söraşgan. Aniqlanişiça, ular Lixtenşteyn knyazligi bilan Germaniyadagi şaharçani joylarning nomidagi bitta harf tufayli adaştirib qöyişgan va oqibatda möljaldan 600 km ga adaşişgan. Gap şundaki, Lixtenşteyn knyazligi Liechtenstein, Germaniyadagi şahar nomi esa Lichtenstein tarzida, ya'ni bitta harf farqi bilan yoziladi.
Muzey egasi ularni temir yöl stansiyasiga olib borib, çegara tomon jönatgan. Nemis naşri Germaniyadagi AQŞning Ramştayn bazasidagi amerikalik harbiylar jangovor harakatlar vaqtida navigatsiya tizimidan hamkasblaridan muvaffaqiyatliroq foydalana olişlariga umid qilmoqda.

















