Erkin kuraş böyiça Özbekiston delegatsiyasi safida 4 ta Olimpiadada iştirok etib, şularning uçtasida oltin medalga ega çiqqan Artur Taymazovdan (120 kg vazn toifasida) 2008 yilgi Pekin Olimpiadasidagi ğoliblik olib qöyiladi va uning medali rossiyalik sportçi Baxtiyor Ahmedovga ötadi. Bu haqda FloWrestling xabar bergan.

Xabarda aytilişiça, bunga sportçining doping-test namunalari ijobiy çiqqani sabab bölgan.

Undan taşqari, rossiyalik kuraşçi, 2012 yilgi London Olimpiadasida 60 kg vazn toifasida kumuş medal sovrindori bölgan Besik Kuduxov ham medalidan mahrum qilingan.

Şuningdek, Pekin-2008 va London-2012 Olimpiadalarida sovrindor bölgan qozoğistonlik, ozarbayjonlik va ukrainalik bir neça sportçidan medallar olib qöyiladi.

Artur Taymazov 2015 yilning kuzida sportdagi karerasini yakunlaşini e'lon qilgandi.