Google Maps’da sirli orol körinmoqda. U Argentinada – Buenos Ayres yaqinidan oqib ötuvçi Parana daryosining botqoq manbaida joylaşgan. Orolning koordinatalari: 34°15'07.8'S 58°49'47.4"W – istagan kişi xaritadan uni topişi mumkin. Bu orolni Nyu-Yorkda yaşovçi gidrotexnik-muhandis Riçard Petroni topdi. U mahalliy kinohujjatçilar Serjio Nespilerm va Pablo Martines bilan sirli orolni qidirişga otlandi. Uni birinçi marta topişning iloji bölmadi, tadqiqotçilar holdan toyib, orqaga qaytişdi. Biroq keyingi ekspeditsiya muvaffaqiyatli yakunlandi.  

Orolni “Köz” deya nomlagan tadqiqotçilar uning mutloq doira şaklida ekanligini ta'kidlaşmoqda. U özidan biroz kattaroq diametrda bölgan boşqa bir doira içida joylaşgan – uning içida  harakatlanib aylanadi. Orolning atrofidagi suv şaffof va sovuq – qolgan botqoqdan ança sovuq. Içki doiraning diametri 119 metrdan iborat. Mahalliy aholi sirli orol haqida bilar, lekin unga yaqinlaşişga jur'at etolmaydi. Ular bu yerda ilohiy mavjudot yaşaşiga işonişadi.  

Petroni va uning jamoasi Google Maps (xarita) arxivini közdan keçirib, 2003 yilda orolning bölganligini aniqlaşdi. 

Tadqiqotçilar “Köz”ni ilmiy uskunalar bilan yanada batafsil örganişni rejalaştirişmoqda. Ular buning nima ekanligi va qaçon hamda qanday paydo bölganligiga qiziqişmoqda. Hozirda ular navbatdagi ekspeditsiyaga pul yiğişmoqda. Ular tadqiqotga kim 5 ming dollar ajratsa, natijalarni birinçilardan bölib bilişiga va'da berişdi. 10 ming dollar evaziga esa, ekspeditsiyada iştirok etiş mumkinligi ma'lum qilindi. 

Ufologlar esa tadqiqotsiz ham vaziyat aniq ekanligini bildirişdi. Ularning fikriça, orol – qopqoq, uning ostida – “uçar likopça” yoki özga sayyoraliklar bazasiga olib boruvçi suvosti yöli mavjud.