Top Gear teleşousining sobiq boşlovçisi Jyeremi Klarkson özining Oksfordşir grafligi yonidagi eski uyini portlatib yubordi. Bu haqida The Telegraph ma'lum qildi. Britaniyalik teleboşlovçi beş yotoqxonali avvalgi binoning örniga 1130 kvadrat metrli yangi inşoot qurişni rejalaştirmoqda. 

Klarkson bu uyni 2012 yilda 4,2 million funt sterlingga xarid qilgan. Joriy yilning iyulida u binoning buzilişiga ruxsat oldi, biroq qöşnilardan birining sözlariga köra, Klarkson buldozerlarni çaqiriş örniga portlatuvçi işlarni amalga oşiruvçi firmaga murojaat qilgan. Qöşnilar uyning buzilişi haqida oz vaqt qolganda xabar topişdi va uyning portlaşini "Klarksonning xulq-atvoriga" yöyişdi. 

Loyihaga köra, teleboşlovçining yangi uyida kinoteatr, issiqxona, öyinxona, 5 avtomobilga möljallangan garaj, kvadrosikllar uçun maxsus joy, otxona, şuningdek 6 yotoqxona va 5 vannaxona böladi.

Klarkson ötgan yilning martida prodyuserlardan biri bilan ziddiyatga borgani uçun Top Gear körsatuvidan çetlatilgan. Nizodan söng VVS kompaniyasi jurnalist bilan şartnomani uzaytirişdan boş tortgan. Uning hamkasblari - Riçard Hammond va Jyeyms Mey körsatuvdagi faoliyatlarini davom ettirişga qaror qilişgan. 

Tört oy ötgaç, Klarkson, Hammond va Mey yangi avtomobil şousini taşkillaştiriş haqida e'lon qilişdi. Rejaga köra, yangi şou Amazon Prime internet-servisida namoyiş etiladi. Körsatuvning The Grand Tour nomini olgan ilk epizodi şu kuzda efirga uzatiladi.