"Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoği beadab sözlarga qarşi kuraşni davom ettirmoqda. Ijtimoiy tarmoq bu yil videoga qoldirilgan şarhlarda beadab sözlarni “*” belgilari bilan almaştiradigan sozlanmani işga tuşirgan edi. Endi esa bu sozlanma guruhdagi şarhlar uçun qöllanila boşlandi.
Guruhlardan beadab sözlarni olib taşlaş uçun guruh sozlanmalarining “Oşkoralik” parametrida “Guruh şarhlaridagi beadab sözlarni berkitiş” sozlanmasi qöşildi.
Bu sozlanma yoqilganidan söng guruhdagi munozaralar, rasmlar va videolarga qoldirilgan şarhlarda topilgan barça beadab sözlar “*” belgisiga almaştiriladi. Sozlanma xozirça faqat rus tilida işlaydi, ammo yaqin orada boşqa tillar uçun ham qöllanila boşlanadi. Sozlanma işlatilganida beadab sözlar bilan şarh qoldirgan kişi uşbu şarhni özgarişsiz köradi, qolgan foydalanuvçilar esa bu sözlarni körişmaydi.
Bu sozlanma guruhning barça iştirokçilari va mehmonlarida beadab sözlarni berkitiş sozlanmasi yoqilmagan bölişiga qaramay işlayveradi.
Muhim qaydlardan biri, sozlanma rasmlarda, GIF-tasvirlar va videolardagi beadab sözlarni berkita olmaydi.

















