«VKontakte» foydalanuvçilarga hamjamiyatlarga pul ötkazişga ruxsat berdi. Ötkazmalarni guruhlar ma'murlari va muharrirlari qabul qilişi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqning matbuot xizmatiga asoslanib, TJ naşri xabar berdi. 

Hamjamiyatlarga pul ötkaziş foydalanuvçilar örtasidagi ötkazmalardan tubdan farq qilmaydi. Pullarni ilova şaklida şaxsiy xabarlarga qöşiş mumkin. Agar mablağ beş kun davomida yöllangan foydalanuvçi tomonidan qabul qilinmasa, u egasiga qaytariladi. 

"Biz «VKontakte» hamjamiyatlar bazasida kraudfanding uçun asos platformani işga tuşiryapmiz. Endilikda har qanday hamjamiyat öz iştirokçilari yordamida u yoki bu jamoaviy loyihani moliyalaştirişi mumkin.

Şu tariqa, indi-musiqaçilar albom yoziş uçun zarur mablağni yiğişlari mumkin böladi, "Moyçeçak" turar-joy kompleksi uyuşmasi a'zolari esa - hovlidagi velosiped turargohiga". 

Yuriy Ivanov, «VKontakte» elektron kommersiyasi direktori

Pul ötkazmalari hamjamiyatning ma'murlari yoki muharrirlari tomonidan qabul qilinişi mumkin, şuningdek ular ötkazmalar tarixidan ham xabardor bölişadi. Aniqlik kiritilişiça, foydalanuvçilar örtasidagi ötkazmalardagi kabi Mastercard va Maeströdan pul yöllanganda komissiya tölovi olinmaydi, Visa kartalari uçun esa komissiya tölovi 1 foizni (kamida 40 rubl) taşkil qiladi.

«VKontakte»da foydalanuvçilar örtasidagi pul ötkazmalari tizimi 2016 yilning dekabr oyida yölga qöyilgan. Ötkazmalarning minimal summasi - 100 rublni, maksimal summa esa 75 ming rublni taşkil qiladi.