Ekşn-kameralar işlab çiqaruvçisi GoPro 19 sentabr kuni suv ötkazmaydigan Hero 5 Black hamda Hero 5 Session kameralari, şu bilan birga özining ilk Karma dronini taqdim qildi. Bu haqida The Verge xabar berdi.
Yangi kameralar korpusi namlikka çidamli qilib işlangan va şu bois ular suyuqlik ötkazmaydigan qöşimça himoyaga muhtoj emas. Qurilma bilan suv ostiga 10 metr çuqurlikkaça tuşsa böladi. 4K kameralar soniyasiga 30 kadr tezligiga ega. Hero 5 Black'da 12 megapikselli suratlarni muhrlaş mumkin, Hero 5 Session'da esa - 10 megapikselli.
Kameralar ovozli boşqaruv funksiyasi hamda 7 xil tilni qöllab-quvvatlaydi. Hero 5 Black kamerasi 2 dyuymli sensor ekran bilan ta'minlangan, şuningdek RAW formatdagi tasvirlarni taqdim etadi. Bundan taşqari, kamerada GPS moduli mavjud.
Qurilma 2 oktabrdan sotuvga qöyiladi. Hero 5 Black'ning bahosi - 399 dollar, Hero 5 Session esa - 299 dollar.
Karma yiğma droni 1 kilogramm vaznga ega bölib, u Hero 5 Black, Hero 5 Session va Hero 4 kameralari bilan uyğunlaşa oladi. Kvadrokopter kamerani mustahkamlaş uçun uç öqli stabilizator bilan ta'minlangan, uning özini olib, alohida işlatiş ham mumkin.
Kvadrokopterning tezligi - soatiga 56 kilometr, u foydalanuvçidan 1 kilometrgaça uzoqlaşib, 4,5 kilometrli balandlikka kötarilişga qodir.
Karma 2016 yilning 23 oktabridan sotuvga qöyiladi, uning narxi 799 dollarni taşkil qiladi. Dron Hero 5 Black kamerasi bilan birga sotilganda 1 099 dollarga tuşadi, Hero 5 Session bilan esa - 999 dollar.

















