Erkin kuraş böyiça Özbekiston delegatsiyasi safida 4ta Olimpiadada iştirok etib, şularning 3tasida oltin medalga ega çiqqan Artur Taymazov Rossiya Davlat Dumasi uçun ötkazilgan saylovlarda Şimoliy Osetiya okrugida «Yedinaya Rossiya» vakili sifatida saylandi.

"Viloyat saylov komissiyasi majlisida Artur Taymazovga Rossiya Davlat Dumasining yettinçi çaqiriği majlisiga deputati guvohnomasi topşirildi", deyilgan Taymazovning rasmiy saytida.

Şimoliy Osetiyada Davlat dumasidagi 1 mandat uçun 7 nomzod kuraşgan. 19 sentabr kuni Artur Taymazov uçun 281 186 ovoz berilgani ma'lum böldi. Ikkinçi örinni «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi vakili Gariy Kuçiyev (19 623 ovoz), uçinçi örinni esa «Kommunisty Rossii» partiyasi vakili Nugzar Musulbes egallagan (7122 ovoz). 

Artur Taymazov 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida kumuş medalni qölga kiritgan bölsa, 2004, 2008 va 2012 yilgi Olimpiadalarda oltin medal egasiga aylangan.

Sportçi Osiyo öyinlarining uç karra ğolibi ham hisoblanadi. 2002, 2006 va 2010 yilgi turnirda unga teng keladigan sportçi topilmagan. Jahon Çempionatlarida Taymazovga ikki marta oltin, ikki marta kumuş va 1 marta bronza medali nasib qilgan.