Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Toni Bler özining konsalting biznesi bölmiş Tony Blair Associates va u bilan boğliq kapital tuzilmalar Firerush va Windrush’ning yopilganini ma'lum qildi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi yozmoqda.

Uning ma'lumotiga köra, Tony Blair Associates kompaniyasining barça foydasi nodavlat harakatlarga ötib ketadi. Blerning özi ma'lum muddat u yerda faoliyat yuritib turadi. "Men daromad uçun konsalting loyihalarda kiçik işlarni davom ettiraveraman, ammo vaqtimning 80 foizi bu biznesdan çiqib ketişga bağişlanadi", - deyiladi Bler tomonidan kompaniya saytida berilgan ma'lumotda.

Sobiq boş vazirning konsalting biznesi Blerning siyosiy va tijoriy qiziqişlari bilan aloqador deya gumonlanib, şov-şuvga va tanqidga uçragan edi. Çunki kompaniya, asosan, xorijiy davlatlarga xizmat körsatar edi, deb yozadi gazeta.