Olimlar Yer atmosferasi kislorod yöqotayotganini aniqlaşdi. Hayot uçun zarur bölgan gazning miqdori oxirgi 800 ming yil içida 0,7 foizga kamaygan. Olimlar öz xulosalarini Science jurnalida çop etilgan maqolada keltirişgan.
Yerda hayot paydo bölgunça atmosferada kislorod bölmagan. Tsianobakteriyalar paydo bölgandan keyin uning miqdori köpaya boşlagan. Oxirgi bir neça yuz million yil davomida sayyoramizning havo qobiğida gazlarning miqdori barqaror darajada qolib kelgan.
Olimlar oxirgi bir neça yuz ming yildagi kislorod miqdorini Grenlandiya va Antarktidada olingan muz namunalarini tahlil qilib tekşirişdi. Bu muzlarda ötmişda havo tarkibi qanday bölgani haqida ma'lumot saqlovçi pufakçalar saqlanadi. Olimlar kislorod va azot izotoplari nisbatini aniqlab, kislorod hajmi bir foizga kamayganini aniqlaşgan.
Olimlar buning bir neça sababini keltirişmoqda. Birinçidan, eroziya tezligining oşişi oksidlaniş jarayonlarini kuçaytirgan bölişi mumkin. Ikkinçidan, agar iqlimning antropogen özgarişi qaralmasa, unda oxirgi million yillar içida gidrosfera harorati pasaygan, buning oqibatida esa okeanlar özlarida köproq kislorodni eritişga qodir bölib qolgan.

















