Facebook ijtimoiy tarmoğiga WhatsApp messenjerining Germaniyadagi foydalanuvçilariga tegişli ma'lumotlarni yiğişni töxtatiş majburiyati qöyildi. Bu haqida Deutche Welle xabar berdi. 

"WhatsApp foydalanuvçilari akkauntlarini Facebook'ga boğlaş yoki boğlamaslikni özlari hal qilişlari kerak böladi. Facebook ham buning uçun öz navbatida ulardan ruxsat söraşi kerak. Biroq bunday bölmadi", - deya xabar berdi Hamburgdagi şaxsiy ma'lumotlar va axborot erkinligi himoyaçisi Yoxannes Kaspar.

Facebook'ning harakatlari "şaxsiy ma'lumotlar muhofazasi haqidagi milliy qonunning buzilişi" sifatida baholanişi ta'kidlangan.