2016 yil 18-19 oktabr kunlari Toşkentda Islom hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining 43-sessiyasi bölib ötadi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda. 

Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning 2016 yil 19 avgustdagi qaroriga muvofiq uşbu nufuzli tadbirga har tomonlama puxta tayyorgarlik körilmoqda. Sessiyada Islom hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar, kuzatuvçi mamlakatlar va xalqaro taşkilotlardan uç yuzga yaqin vakil iştirok etişi kutilmoqda.   

Islom konferensiyasi taşkiloti 1969 yil 25 sentabrda Marokaş poytaxti Rabot şahrida bölib ötgan islom davlatlari sammitida taşkil etilgan. Islom davlatlarining har tomonlama rivojlanişi uçun şaroit yaratiş, turli xalqlar örtasida tinçlik va totuvlik qaror topişiga kömaklaşiş uning asosiy maqsadi etib belgilangan. 

2011 yil 28 iyunda tuzilma nomi Islom hamkorlik taşkiloti, deb özgartirilgan. Bugungi kunda taşkilotga 57 mamlakat a'zo bölib kirgan. 

Islom hamkorlik taşkiloti Boş kotibiyati Saudiya Arabistoni Podşohligining Jidda şahrida joylaşgan. Boş kotib 5 yil muddatga saylanadi. Amaldagi Boş kotib Iyad Amin Madaniy 2014 yil 1 yanvardan buyon taşkilotga rahbarlik qilib kelmoqda. 

Islom hamkorlik taşkiloti xalqaro huquqning sub'yekti hisoblanadi. Taşkilot doirasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boşqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.

Taşkilotning oliy organi – Islom sammiti uç yilda bir marta ötkaziladi. Undan keyingi muhim organ Taşqi işlar vazirlari kengaşi bölib, uning sessiyasi har yili a'zo mamlakatlardan birida ötkaziladi. 2015 yil may oyida Al-Kuvayt şahrida bölgan 42-sessiyada navbatdagi sessiyani Toşkent şahrida ötkaziş töğrisida qaror qabul qilingan.  

Özbekiston Islom hamkorlik taşkilotiga 1996 yilda a'zo bölgan. Şundan buyon özaro hamkorlik taşkilot huzuridagi barça tuzilmalar doirasida izçil rivojlanib kelmoqda.