Şu kunlarda, köça-köyda “Green Card, Grin karta töldiramiz, AQŞda qonuniy yaşaşni istaysizmi?”, kabi turli xil e'lonlar köpçilikning e'tiborini tortgan bölişi şubhasiz. Aksariyat kişilarning bu nima ekanidan yuzaki xabari bor, ayrimlar nima ekanini bilişmaydi. Biz mazkur qoralamada, mazkur masalaga atrofliça töxtalişni niyat qildik.
Grin-karta — bu fuqaro şaxsini tasdiqlovçi guvohnoma – United States Permanent Resident Card bölib, u AQŞda vaqtinça yaşaş va işlaş huquqini taqdim etadi.
Uning yordamida siz:
- AQŞning istalgan ştatida istiqomat qilişingiz;
- işlaşingiz;
- köçmas mulkka ega bölişingiz;
- davlat maktabida ta'lim olişingiz yoki farzandingizning ta'lim olişi;
- mahalliy haydovçilik guvohnomasini olişingiz;
- AQŞ Qurolli kuçlarining ayrim turlariga xizmatga kirişingiz;
- ijtimoiy suğurta, yoşga oid va yoki mehnatga layoqatsizlik böyiça moliyaviy
yordam olişingiz, keksa yoşli kişilarga taqdim etiladigan tibbiy suğurta
böyiça imtiyozlarga ega bölişingiz mumkin.
Vaqti kelganda esa,
- mahalliy huquq imkon berganida, fuqarolikni oliş uçun ariza topşirişingiz;
- turmuş örtoğingiz yoki rafiqangiz va farzandlaringiz uçun viza taqdim etişlarini sörab murojaat qilişingiz;
- ayrim şartlarni bajariş bilan mamlakatdan çiqib, qaytib kirişingiz mumkin böladi.
Grin-karta egasi ta'bir joiz bölsa, tantanali ravişda quyidagi majburiyatlarni ham öz zimmasiga oladi.
- daromad soliği tölaydi;
- agar u 18-26 yoşdagi erkak kişi bölsa, armiyada xizmat qiliş böyiça röyxatdan ötadi;
- özining muhojirlik maqomiga rioya qiladi;
- doimiy yaşaş huquqini beruvçi hujjatni öz yonida olib yuradi;
- boşqa joyga köçsa, immigratsiya xizmatini xabardor qiladi.
Mavzuga oid
Xöş, Grin-karta sohibi böliş uçun nima qiliş lozim?
1. AQŞ fuqarosi bilan nikohdan ötiş mumkin. Nikoh orqali grin-kartali böliş uçun uning (nikohning) fuqarolik va immigratsiya masalasi böyiça haqiqiy ekani tasdiqlanişi kerak. Masalan, töygaça va töydan keyingi fotosuratlar, hamkorlikdagi bank hisob raqamlari, çop qilingan elektron maktublar, telefon qönğiroqlari suhbatlarining rasmiy röyxati, umumiy mol-mulk mavjudligiga oid hujjatlar kabilar.
2. Oila bilan qayta birlaşiş. AQŞ grin-kartasi AQŞ fuqarosining yaqinlariga ham taqdim etilişi mumkin. Yaqin qarindoşlar toifasiga: turmuş örtoq; 21 yoşgaça bölgan, ammo oila qurmagan farzandlar; ota-onalar; 21 yoşdan katta aka-uka va opa-singillar kiradi. Şuningdek, xorijiy diplomatning bevasi va uning AQŞda tuğilgan farzandining Grin-karta taqdim etiş töğrisidagi murojaati ham körib çiqilişi mumkin.
3. Amerika iş beruvçisining arizasi bilan işga yollaniş. Albatta, bunda kompaniya xorijiy işçini işga yollaş uçun AQŞ Federal xizmatining roziligini olişi hamda AQŞ fuqarolik va immigratsiya işlari böyiça xizmatiga H1B işçi vizasini taqdim etişi uçun ariza topşirişi kerak böladi. Ayni şu narsa mutaxassisga grin-karta egasi bölişga imkon beradi.
4. Siyosiy boşpana söraş. Qoçqin maqomini oliş uçun siyosiy, irqiy yoki diniy jihatdan ta'qibga uçragani yoki uçrayotganini isbotlovçi jiddiy dalillar keltiriş lozim böladi. Bunday arizani AQŞda böla turib yoki uning elçixonasiga topşiriş mumkin.
5. Yoki, sönggi imkoniyat – diversifikatsiya lotereyasida ğolib böliş.
Diversifikatsiya lotereyasi? Bu yana nimasi, dersiz?
Diversifikatsiya lotereya — bu AQŞ aholisining madaniy-etnik turli-tumanligini köpaytiriş maqsadida mamlakatga kam köçib kelayotgan turli millat vakillariga jami 55 000ta vizani taqdim etiş böyiça yillik tanlovdir. Arizalar yilning oktabr oyida boşlanib, bir oy atrofida qabul qilinadi. Uning rasmiy javobini kelgusi yilning may oyidan e'tibor tekşiriş mumkin böladi. Mazkur lotereya qisqartirilgan şaklda DV (Diversity Visa – mana şu bizning yurtimizda Grin karta nomi bilan maşhur) deb nomlanadi.
Bu lotereyada qanday iştirok etiş mumkin?
Mazkur tanlovda qatnaşiş istagida bölganlar sudlanmagan, heç bölmaganda örta ma'lumotli (kollej yoki litseyni tamomlagan, yoxud 11 yillik maktab ta'limini tugatgan bölişi kerak), ijtimoiy xavfli kasalliklar hamda immigratsiya qonunçiligini buziş bilan boğliq holatlarga yöl qöymagan bölişi kerak.
Uşbu dasturda ayrim davlatlardan taşqari barça mamlakatlar fuqarolari qatnaşa oladi. DV-2018 lotereyasiga kiritilmagan davlatlar quyidagilar: Bangladeş, Braziliya, Buyuk Britaniya, Vetnam, Haiti, Dominikan Respublikasi, Hindiston, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Peru, Salvador, Filippin, Ekvador, Janubiy Koreya, Yamayka.
Dastur iştirokçisiga aylaniş uçun AQŞ fuqarolik va immigratsiya xizmatining rasmiy saytida maxsus anketani tarjimai holiga oid ma'lumotlar bilan onlayn töldirişi lozim. Anketaga, saytda körsatilgan maxsus ölçamdagi surat (oilali bölsa, turmuş örtoği va 21 yoşgaça bölgan farzandlarining ham suratlari) havola qilinadi.
Grin-karta lotereyasida ğolib böliş imkoniyatlari qanday?
Arizalar raqamlari har safar özgarib, avtomatik tarzda qisqarib boradi. Aynan qayta raqamlaş tasodifiy tanlovning asosiy jihatidan biridir. Biroq, ijobiy natijalar statistikasiga köra, bu ayrim mamlakatlarning ğalaba qozoniş borasidagi imkoniyatlarini kamaytiradi. Şu bois, ğalaba qozoniş ehtimoli mintaqaga boğliq ravişda 0,5 foizdan 1 foizgaçani taşkil etadi. Ğoliblarni tasodifiy tanlov asosida kompyuter aniqlaydi. Ammo, DV lotereyasini yutib oliş, grin karta sohibi bölişni anglatmaydi. Buning uçun hali köp ter tökiş talab etiladi. Hujjatlar töplami, tibbiy körik va konsullikdagi suhbat çoğida ğoliblarning 3dan ikki qismi saralanadi. Şu bilan birga, diversifikatsiya lotereyasida iştirok etiş uçun har yili ariza topşiriş mumkin.
Mazkur dasturga ariza topşirişingiz sizning AQŞ sayyohlik vizasini olişingizga tösqinlik qilişi mumkinmi? Albatta, aslida, bu holat sizda Qöşma Ştatlarda qoliş istagi borligini anglatadi. Biroq, 2009 yildan e'tiboran, sayyohlik anketalarida DV lotereyasida iştirok etganlik töğrisidagi savol olib taşlangan va şunga köra, sayyohlik vizasi olişda rasman tösqinlik qilmasligi kerak.
Lotereya natijasini esa, AQŞ davlat departamenti saytidagi lotereya natijalarini tekşiriş maxsus havolasidan ötiş orqali tekşiriş mumkin. Bunda siz anketani töldirgan vaqtingizda berilgan raqamni va boşqa şaxsiy ma'lumotlarni kiritişingiz talab etiladi. Masalan, DV-2017 lotereyasi iştirokçilari 2016 yil 3 maydan 2017 yil 30 sentabrga qadar öz natijasini tekşirişi mumkin.
Aytaylik, siz DV lotereyasida ğolib bölgansiz. Endi nima qiliş kerak?, degan savol tuğilişi tabiiy. Hozirda, bu masala bilan boğliq xizmatni taklif qiluvçi kişilar köplab topiladi. Ammo, buni ozgina jur'at etsangiz, özingiz ham uddalay olasiz.
Ya'ni, sizning navbatdagi taşvişingiz AQŞ elçixonasidagi suhbatga tayyorgarlik böladi. Buning uçun dastlab, AQŞ Davlat departamenti saytida DS-260 şaklidagi — immigratsiyaviy viza anketasini töldiriş kerak. Şundan söng, uni çop etib, özingiz bilan suhbatga olib borasiz. Suhbat muddati anketa töldirilgaç, elektron poçta orqali ma'lum qilinadi. Ammo, suhbatgaça AQŞ elçixonasi tomonidan belgilangan maxsus poliklinikada tibbiy körikdan ötiş kerak böladi. Uning natijasi solingan konvertni faqatgina elçixona xodimi oçişi mumkin. Suhbatga borişda quyidagi hujjatlarning originali bilan birga notarius orqali tasdiqlangan tarjima nusxalari ham olib boriladi:
Pasport, suratlar, diplom yoki ta'limni tasdiqlovçi boşqa hujjat, mehnat daftarçasi, tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma, sudlanmagalik töğrisidagi ma'lumotnoma (yoki avval sudlangan keyinçalik oqlanganlik töğrisidagi sud qarori), nikoh yoki ajrim töğrisidagi ma'lumotnoma, harbiy guvohnoma, bank hisob raqamlari bölsa, ulardan köçirma, mol-mulkining qiymatiga oid ma'lumotnoma (ayrim hollarda), iş beruvçining maktubi, moddiy kafolat maktubi kabilar talab qilinadi. Hujjatlar va tavsiyalar bilan AQŞ elçixonasining har qanday saytida tanişiş mumkin. Yana bir gap, suhbatga borişda yoningizda har bir kişi uçun 330 AQŞ dollari miqdorida konsullik boji uçun mablağ olib borişni unutmang.
Va nihoyat, grin-kartani qölga kiritgaç nima qilasiz? Suhbatdan muvaffaqiyatli ötgaç, sizga AQŞga kiriş uçun 6 oy muhlat beriladi. Şu muddat içida borgaç, siz öqing, sport bilan şuğullaning, işlang — siz özingiz öylagan niyatingizga erişiş ostonasida turibsiz!
Ha aytgança, bu yilgi lotereya öyiniga töldiriş jarayoni, ya'ni DV-2018 uçun ma'lumotlar qabul qilinişi 2016 yil 4 oktabrdan 7 noyabrgaça davom etadi. Unda iştirok etmoqçi bölganlarga omad yor bölsin!