Yakunlanib borayotgan 28 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar sotish qoidalari qattiqlashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
>>> Batafsil.
Chexiya O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

2016 yilning 28 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Chexiya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yaroslav Sironi qabul qildi.
>>> Batafsil.
Toshkentda to‘rtta tibbiyot muassasasi qayta tashkil etiladi

O‘zbekiston poytaxtida faoliyat yurituvchi to‘rtta yirik tibbiyot-davolash muassasasi qayta tashkil etiladi, xususan Respublika miqyosidagi tibbiy markazlardan biri tugatiladi.
>>> Batafsil.
Avstriyada turklar va chechenlar o‘rtasidagi mushtlashuv vaqtida serbiyalik tramvay ostida qoldi

Avstriya poytaxti Vena shahrida turklar va chechenlar guruhlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi.
















