Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning farzandi Lola Karimova-Tillayeva özining internetdagi sahifalari orqali Toşkentdagi Farğona yöli köçasida qayta tiklangan jome' masjidining tez kunlarda foydalanişga topşirilişi haqida ma'lum qilgandi. Uşbu masjid 2015 yilning bahorida röy bergan yonğin natijasida deyarli butkul vayron bölgan, keyinroq binoda restavratsiya işlari boşlangandi.
Kun.uz fotomuxbiri Toşkentning Farğona yöli köçasida joylaşgan uşbu «Islom ota» jome' masjidining yangi suratlarini taqdim etdi.

Ma'lumot uçun, masjidni tiklaş işlari ötgan yilning oxirida boşlanib, 9 oy davom etgan. Jome' masjidining umumiy maydoni qariyb ikki barobar oşgan - 2900 kvadrat metrdan 5400 kvadrat metrgaça kengaytirilgan. Mazkur masjidda 560 nafar kişi namoz amallarini ado etişi mumkin.
Yangi qurilgan masjid binosida kutubxona va tahorat xonalari ham barpo etilgan. Bu yerda imkoniyati çeklangan insonlar uçun zarur uskunalar, havoni tozalab beruvçi qurilma va konditsionerlar tizimi moslab örnatilgan. Masjid hovlisida dam oliş joylari ham yaratilgan.































