Toşkentning Sergeli tumanida 6ta metro bekati va 500 yangi turar joy binolari quriladi. Toşkent şahar hokimligida bölib ötgan matbuot anjumanida Sergeli tumani hokimi Furqat Maqsudxöjayev şu haqida ma'lum qildi.
25 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvçi Ş.M.Mirziyoyev Sergeli tumaniga taşrif buyurib, tuman hokimligi oldiga bir qator vazifalar yuklagandi. Yangi köp qavatli turar joy binolari, metro va 12 çiziqli avtoyöl qurilişi şular jumlasidandir. Uşbu masalalar yuzasidan Sergeli tumani hokimi F.I.Maqsudxöjayev jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Tuman hokimining sözlariga köra, bugungi kunda mazkur topşiriqlar ijrosi yölga qöyilgan bölib, köp qavatli turar joy binolari qurilişiga start berilgan. Sergeli tumani böylab umumiy hisobda 500 yangi turar joy binolari barpo etiladi. Quriliş işlarini 4 yilda nihoyasiga yetkaziş rejalaştirilgan.
Jurnalistning Sputnik massividagi yoğoç uylarning taqdiri haqidagi savoliga hokim quyidagiça javob berdi: "Mazkur yoğoç, boşqaça qilib aytganda fin uylarining qurilganiga 50 yildan oşdi, şunga qaramay bu yerda hanuz odamlar istiqomat qiladi. Şu bois, bu uylarning örniga yangi 9 qavatli turar joy binolari qurişga qaror qilindi. Bugungi kunga kelib, bu yerda 421ta yoğoç uy mavjud. Hozirda bu uylarning quriliş loyihalari nihoyasiga yetkazilmoqda, endi ularni amalga oşirişgina qoldi. Fursatdan foydalanib, Sergeli tumani aholisiga şuni ma'lum qilamanki, heç kim uysiz qolmaydi, hamma qonun doirasida turar joy bilan ta'minlanadi".
Sergeli tumanida qurilajak metro yöliga keladigan bölsak, manbaga köra, uzunligi 8 kilometrni taşkil qiluvçi metro yer sathidan 6 metr balandlikda barpo etiladi. Ular Sergelining Sputnik dahasidan «Olmazor» metro bekatigaça bölgan oraliqda joylaşadi.

Uning qurilişi 2020 yilga qadar davom etadi. Hokimning sözlariga köra, metro juda zamonaviy usulda quriladi, bunday zamonaviy yer usti metrosi MDH davlatlarining birortasida yöq.

















