Yakunlanib borayotgan 8 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Fotojamlanma: “Islom ota” masjidi ochilish marosimi Qur'on tilovati bilan boshlandi

Toshkent shahri 2016 yil 7 oktabr, muborak juma kuni. Allohning inoyati bilan qurib bitkazilgan va mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan qayta qad rostlagan yangi masjidning ochilish marosimi arafasi. Hammayoq bu ulug‘ shodiyonaga hozirlangan, yo‘llarga, hovliga suvlar sepilgan. Masjid tashrif buyuruvchi namozxonlarni kutib olishga shay...
>>> Batafsil.
O‘zbekistonda 2018 yilga kelib 547 mln kilovatt soatdan ortiq elektr energiyasini tejash imkoni paydo bo‘ladi

Foto: Forexa.com
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan yoqilg‘i-energetika va sanoat sohasi tarmoqlarida energiya samaradorligi va tejamkorligi bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
>>> Batafsil.
Polsha qurolli kuchlari shay holatga keltirildi

Foto: TACC
Polsha Rossiyaning harbiy sohadagi harakatlaridan xavotirga tushib, o‘z qurolli kuchlarini tayyor holatda ushlab turibdi.
















