8 oktabr keçki payt Nyu-York ştatining janubida joylaşgan Garden-Siti şahri yaqinida yölovçi poyezdi relslardan çiqib ketdi. Bu haqda mahalliy temir yöl boşqarmasi xabar berdi. Oqibatda 4 yölovçi jarohat olgan. Jarohatlanganlar şifoxonaga yetkazilganlar.
Biroq OAV baholaşiça, jarohatlanganlar soni köproq – 50 nafardan 100 nafargaça bölişi mumkin.
Avariya Nyu-York şahridan 30 km uzoqlikda yuz bergan. Poyezdlar harakati ikki yönaliş böyiça ham töxtatilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, yölovçi poyezdi izlarda turgan işçi poyezdga urilgan. Bu vaqtda xizmat poyezdi harakatlangani yoki yöqligi ma'lum qilinmagan.


















