Şimoliy flot gidrograflari Yangi Yer arxipelagi (Rossiya) tarkibida ikki orolning kaşf qilinganini tasdiqlaşdi. Bu haqida Şimoliy flot xizmati rahbari Vadim Serga bergan ma'lumotga asoslanib, TASS agentligi xabar berdi.
"12 oktabr - harbiy-dengiz floti (HDF) gidrograflari kuni arafasida Murmansk viloyati Mişukovo qişloğidagi doimiy bazasiga ortga qaytgan "Vizir" gidrografik kemasining Arktika ekspeditsiyasi yakunlari Yangi Yer qirğoqlaridagi Roze muzligi hududida ikki orolning kaşf qilinganini tasdiqladi", - dedi Serga.
U orollarning kattasi taxminan 400 metr uzunlikka ega ekanligiga aniqlik kiritdi. Bu orollar ilk marta joriy yilning sentabrida "Gorizont" gidrografik kemasining radarlari orqali topilgan edi.
Yangi Yer — Şimoliy Muz okeanidagi arxipelag bölib, Rossiyaning Arxangelsk viloyati tarkibiga kiradi.

















