BAAga taşrif buyurgan amerikalik sayyoh avtomobilni boşqariş davomida bir kunda 24 marta tezlikni oşirgan, u 46 daqiqa içida 22 marta yöl harakati qoidalarini buzgan. Buning natijasida texaslik işbilarmon Jonatan Billga deyarli 5,5 ming dollarlik jarima solingan. Gulf News naşri voqea yuzasidan xabar berdi.
Manbaga köra, voqea sentabr oyida sodir bölgan, biroq OAVda bu haqda endi ma'lumot berildi. Dubay va Al-Ayn şaharlari orasida harakatlangan sayyoh bir neça marotaba tezlikni oşirgan. U soatiga 120 kilometr tezlik örniga 130-150 kilometr tezlikda harakatlangan.
Işbilarmon YHQ buzilişlarini qayd qiluvçi kameralar körsatkiçlaridagi ğayritabiiy raqamlarga e'tibor qaratdi. Qurilmalardan töplangan ma'lumotlarga köra, mahalliy vaqt bilan soat 8:36da Bill Al-Aynda tezlikni oşirgan, ikki daqiqa ötgaç esa - Dubayda.
"Bir vaqtning özida ikki joyda bölişim mumkin emas, axir", - deydi amerikalik sayyoh. Şunga qaramay, u jarima tölovlarini amalga oşirgan.


















