Samarqand viloyati Paxtaçi tumani “Bodo” mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi 1991 yilda tuğilgan Habib Qahramonov (ism-familiyalar özgartirilgan) Ziyovuddin şaharçasida joylaşgan “Bek” töyxonasi yonida joylaşgan Azizbek Mardonov bilan pivoxörlik qiladi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Söngra ular bardan 1 litr baklaşkaga pivo olib, Mamadali degan tanişlarinikiga otlanişadi. Pivoxörlik bilan boşlangan ulfatçilikda jinoiy reja tuzildi. Ular temir yöl yaqinida bölayotgan qurilişdan arzon-garovga armaturalar olişni niyat qilişdi.

“Damas” bir zumda “Çeryomuşka”da paydo böldi. Jinoiy şerikçilikka yana bir kişi – Zokirjon Obidov ham taklif qilindi. 

780 kilogramm 10 mm.li armaturalarni qorovullar kömagida ömargan jinoyatçilar ularga qöşib perfarator, drel, 60 metr kabel hamda taxtalarni ham olib çiqişdi. Kelişilganidek, qorovul Dilmurod Qarayevga 65-70 ming atrofida pul bergan tödaboşining köngli tinçigandek böldi. 

Jinoyatçilarga şerik bölib, özlariga işonib topşirilgan davlat mulkini ömarib ketişga imkon bergan F.Rahimov, D.Qarayev, T.Töxtayevlarga tegişli huquqiy çoralar körildi. Jinoiy reja tuzib, davlat mulkiga köz olaytirgan kimsalarga esa sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.