Toşkent uçun 2011—2012 yillar davomida Çexiyadan olib kelingan zamonaviy Vario LF tramvaylari Samarqandga yetib keldi. Bu haqda Facebook’dagi «Samarqand va samarqandliklar» guruhida fotoxabar qoldirilgan.

«Samarqandga xuş kelibsiz! Yangi tramvay vagonlari şaharga yetib keldi. Lekin bu Samarqand orqali olib ötilayotgan tranzit yuk bölişi ham mumkin», — deyilgan 17 oktabr kuni e'lon qilingan fotoxabarda.

Xabar muallifi Samarqand vokzalida neçta tramvay vagoni turganiga aniqlik kiritmagan. Suratlardan ularning sonini aniqlab bölmaydi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev oktabr oyi boşida Samarqandga taşrif buyurib, kelgusi yil bahorida, Navröz bayramigaça şaharda tramvay harakatini yölga qöyiş haqida körsatma bergandi.

Yangi qurilajak tramvay yöli Siyob bozorini Sartepa mavzesi bilan boğlaydi, biroq bu yöl qaysi köçalar böylab ötişi hozirça rasman ma'lum qilinmagan.

Eslatib ötamiz, may oyida Toşkentdagi oxirgi tramvay yönalişi yopilgan edi.